Rasulov Aleksey Borisovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vazomotor rinitni tashxislash va davolashni takomillashtirish», 14.00.04–Otorinolaringologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib460.
Ilmiy rahbar: Arifov Sayfutdin Saidazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish institut.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Grigor`eva Alla Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Shamsiev Djaxongir Fazliddinovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: FGBU «Otorinolaringologiya ilmiy klinik markazi» Federal tibbiy biologik agentlik (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: burun bo‘shlig‘i funksional holati ko‘rsatkichlari, vegetativ nerv tizimi va hayot sifatini hisobga olgan holda vazomotor rinitni tashxislash va kompleks davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
vazomotor rinitli bemorlar pastki burun chig‘anoqlari tomirlarining arterial gemodinamikasida qon oqimi kuchayishi aniqlangan;
burun bo‘shlig‘ining funksional holati, mukotsiliar klirens va shilliq kavati so‘rilish, nafas olish funksiyasi, burun bo‘shlig‘i kasalligining davomiyligi va bemorlar yoshi bog‘liqligi aniqlangan;
vazomotor rinitda vegetativ nerv tizimi kursatkichlari - dastlabki vegetativ tonus va organizm faoliyatining vegetativ tarzda ta’minlanishini baholash amalga oshirilgan;
vazomotor rinitli bemorlarda hayot sifati usuli bilan bemorlar holatini baholash samaradorligi va burun bo‘shlig‘i funksional holati bilan korrelyasion bog‘liqlig‘i isbotlangan; 
vazomotor rinitni jarrohlik davolashda organizmning dastlabki vegetativ tonusini hisobga olgan holda vegetotrop dori vositalarini qo‘llash maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vazomotor rinitni tashhislash va davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Vazomotor rinitni tashxislashni takomillashtirish» mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2012 yil 22 iyun` 8s-n/192-son bilan tasdiqlangan). Ushbu uslubiy tavsiyanoma vazomotor rinitni bo‘lgan bemorlarni tekshirishning tashxislash mezonlarini aniqlash imkonini bergan.
«Vazomotor rinitni tashxislash va davolashni takomillashtirish» mavzusi bo‘yicha uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 mart 8n-r/81-son bilan tasdiqlangan). Mazkur uslubiy tavsiyanoma vazomotor rinitni tashxislash va kompleks davolash imkonini beradi.
Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent shahar 1 sonli klinik shifoxonasining LOR bo‘limi, Namangan shahar viloyat shifoxonasining LOR bo‘limi, Qoraqalpqiston Respublikasi Nukus shahri shifoxonasi LOR bo‘limi, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi, Andijon viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazi LOR bo‘limi, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi LOR bo‘limi, “Silver-med servise” xususiy klinikasi klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 aprel` 8n-d/74-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi vazomotor rinit bo‘lgan bemorlar tashxislash va kompleks davolash usullarini takomilashtirish, kasallikni qaytalanish sonini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish