Tursunkulov Azimdjon Nazirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash tamoyillari (kursatmalar, texnikasi, asoratlari va ularni oldini olish)», 14.00.14–Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib294.
Ilmiy rahbar: Tillyashayxov Mirzagaleb Nigmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy amaliy tibbiet markazi, DSc.04.12.2018.Tib.77.01.
Rasmiy opponentlar: Muxammedaminov Shuxrat Karimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Asan tibbiet markazi, (Seul, Koreya Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: Prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash natijalarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash uchun bemorlarni tanlashda past, o‘rta va yuqori xavf guruxlari ajartilgan va jarroxlik usulini tanlash uchun asosiy bevosita ko‘rsatma  natijalari asoslangan;
radikal prostatektomiya amaliyotidan keyingi davrda peshob tutishni erta tiklanishiga bevosita munosabati bo‘lgan asosiy bosqichida olib  tashlangan prostata bezi o‘rnidagi fassial strukturalarni va bog‘lamlarni maksimal darajada tiklash axamiyatli ekanligi  isbotlangan;
radikal prostatektomiya amaliyotida uretrotsistoanastomoz shakllantirilgandan keyin anastomozni qov suyagining bog‘lamlariga  biriktirish  orqali bemorlarda erta peshob tuta olish kobiliyatini yaxshilash tartibi isbotlangan;
prostata bezi saratonini amaliyotdan keyingi davrdagi kasallikning  qaytalanishini kamaytirish maqsadida qovuq bo‘yinchasini keng kesish usuli natijasida jarroxlik amaliyoti takomillashtirilgan va bemorlarning hayot sifatini oshirish sharoit yaratilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash tamoyillari (ko‘rsatmalar, texnikasi, asortalari va ularning profilaktikasi) bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Prostata bezi saratonida radikal prostatektomiya amlaiyotini endovideoxirurgik  usullarida bajarish afzalliklari. Peshob tut olmasning oldini olish tartibi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 noyabrdagi 8n-r/496-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma prostata bezi saratonida radikal prostatektomiya amaliyotini endovideoxirurgik usulda bajarish orqali, peshobni tuta olmaslikni erta tiklanishini ta’minlash, davolash sifatini oshirish va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent filili va Akfa Medline xususiy klinikasining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 noyabrdagi 8n-d/280-son xulosasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi prostata bezi saratonini jarroxlik usulida davolash bemorlarga yuqori texnologiyali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, uzoq muddat natijalarini yaxshilashga erishish,  siydik tuta olish muddatini qisqartirish, bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish