Akbutaev Alisher Miltikbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diffuz toksik bo‘qoqni total va subtotal tireoidektomiya usuli bilan davolash natijalarining yaqin va kelgusidagi oqibatlari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib19.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidganixuja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudoybergshanov Shuxrat Nurmatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston tibbiyot uzluksiz ta’lim universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: total tiroidektomiya (TT) va subtotal (Dunhill) operatsiyasidan so‘ng DTB (1, 5 va 10 yil) uchun yaqin va uzoq muddatli davolash natijalarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
DTBni residivi va operatsiyadan keyingi gipotireozning (OKG) rivojlanishi jarrohlik muolaja hajmiga bog‘liq bo‘lib, qalqonsimon bez to‘qimalarni intraoperatsion autotransplantatsiyasiga (QBIA) bog‘liq bo‘lmasligi aniqlangan;
total tiroidektomiyani QBIA yordamida amalga oshirganda, DTB ning transplantatga bog‘liq residiv rivojlanmaganligi aniqlangan. DTB qaytalanishining rivojlanishi jarroxlik amaliyot xajmiga bog‘liq bo‘lib, qalqonsimon bez intraoperatsion autotransplantatsiyaga bog‘liq emasligi isbotlangan;
TT, TTQBIA, Dunhill va Dunhill operatsiyalarini QBIA bilan amalga oshirayotganda TTG reseptorlariga, TPO va TG antitanachalarning ko‘payishi qalqonsimon to‘qima qoldig‘iga bog‘liq bo‘lib, qalqonsimon bez intraoperatsion autotransplantatsiyasiga bog‘liq emasligi isbotlangan;
TTG reseptorlariga, TPO va TG antitanachalarning titrlariga jarroxlik muolaja xajmining mustaqilligi isbotlandi va antitanachalar titrining yuqori miqdori qalqonsimon bez qoldig‘iga bog‘liq bo‘lganligi aniqlandi;
operatsiyadan so‘nggi gipotireozni yoki residiv rivojlanishini oldini olish maqsadi bilan qalqonsimon bez intraoperatsion autotransplantatsiyasi muolajasini o‘tkazilishi o‘zini oqlamagan va profilaktik xususiyatlarga ega emasligi isbotlangan;
operatsiyadan keyingi DTB qaytalanishining va gipotireoz rivojlanishining sabablari aniqlangan; 
Dunhil va Dunhill operatsiyasi QBIA bilan o‘tkazilganda TTG reseptorlariga, TPO, TG autoantitanachalar titrining oshishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Diffuz toksik bo‘qoq bo‘lgan bemorlarda umumiy va subtotal tiroidektomiyaning yaqin va uzoq oqibatlarini baholashda bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
«Greyvs kasalligi bilan bo‘lgan bemorlarni jarroxlik yo‘li bilan davolash algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-r/416-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma diffuz toksik bo‘qoqli bemorlarni jarrohlik davolashni optimallashtirish va bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil etish imkonini bergan;
Diffuz toksik buqoq bilan kasallangan bemorlarda umumiy va subtotal tiroidektomiyaning yaqin va olis natijalarini o‘rganish Samarqand viloyat endokrinologiya dispanseri va akad. Yo.X.To‘raqulov nomidagi RIEIATM Qashqadaryo filiali klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8 n-z/214-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini klinik amaliyotga joriy etish jarrohlik aralashuviga tayyorgarlik vaqtini qisqartirishga, asoratlarni va nogironlikni rivojlanish xavfini kamaytirishga, umumiy davolanish muddatini qisqartirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish