Iminova Diyora Alisherovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar noalkogol yog‘ xastaligining o‘zbek millatiga mansub shaxslarida klinik-patogenetik va genetik jihatlari», 14.00.05–Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1064.
Ilmiy rahbar: Alyavi Anis Lyutfullaevich, tibbiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamrabaeva Feruza Ibragimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Boboev Qodirjon Tuxtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Jigar noalkogol yog‘ xastaligi (JNAYoX) bilan kasallangan o‘zbek millatiga mansub bemorlarda ADIPOQ +276G>T geni allel va genotiplari polimorfizmi tarqalganligi hamda insulinrezistentlik, lipid va uglevod almashinuvi buzilishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek millatiga mansub shaxslarda JNAYoX rivojlanish xavfi ADIPOQ +276G>T geni polimorfizmi borligi bilan bog‘liqligi ko‘rsatilgan;
JNAYoX bilan kasallangan patologik T alleli borligi bemorlarda kasallik ishonarli darajada agressivroq shaklda kechishi isbotlangan;
ADIPOQ +276G>T genining patologik polimofligi bor JNYoXga chalingan bemorlar uchun hayot tarzini o‘zgartirish va muntazam tibbiyot monitoringini (kamida har 6 oyda 1 marta) o‘z ichiga olgan aniq maqsadga yo‘naltirilgan oldini olish choralari ko‘rinishidagi tavsiyalar ishlab chiqilgan;
ADIPOQ +276G>T genining T polimorfizmi patologik alleli bor NASGga chalingan bemorlarni davolashning uglevod va lipid buzilishlarini to‘g‘rilash uchun bazis davo fonida past kaloriyali parxezni qo‘llash ko‘rinishida kompleks davolash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
JNAYoX bilan kasallangan adiponektin geni patologik polimorfizmi aniqlangan bemorlarni tekshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Jigar noalkogol yog‘ xastaligini tashxislash va davolash algoritmi» gastroenterologlar va umumiy amaliyot shifokorlari uchun uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi № 8n-p/487-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma JNAYoX bilan kasallangan bemorlarda xavf guruhini aniqlash, shu bilan birga ADIPOQ +276G>T genining patologik polimorfizmi bor bemorlarda kasallikning erta profilaktikasini olib borish imkonini bergan.
O‘zbek millatida JNAYoXning klinik-patogenetik va molekulyar-genetik aspektlari bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilindi va Bo‘ysun tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hamda Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi ishida qo‘llanilmoqda (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 19 noyabrdagi №8n-g/278-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilinishi prediktiv diagnostika sifatini yaxshilash, kasallik rivojlanishi xavfi va og‘irligini prognozlash, kompleks davo taktikasini to‘g‘ri tanlash, statsionarda davolanish vaqtini kamaytirish va bu bilan birga bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.