Muratov Temur Tashkabaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilarning kirishmaviy sochilish effektlari: kinetik parametrlarni hisoblashni asimptotik usullarini ishlab chiqish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/FM417.
Ilmiy rahbar: Nasriddinov Komiljon Raxmatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, DSc.30.05.2018.FM./T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Abdurasul Gafurovich, fizika-matematika fanlari doktori; Abdulxaev Oybek Abdullazizovich, fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ta past haroratlarda, yarimo‘tkazgichlar hajmida va sirtida kechadigan zaryad tashuvchilarning kirishmaviy sochilishi va rekombinatsiya jarayonlarini tavsiflovchi kinetik parametrlarni hisoblashni hartomonlama maqbul asimptotik usulini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zaryad tashuvchilarning kirishmaviy sochilishi va rekombinatsiya jarayonlarini tavsiflovchi kinetik parametrlarni hisoblashni hartomonlama maqbul asimptotik usuli ishlab chiqilgan va uning asosida kremniyda bor kirishmasi (Si:B) hosil qilgan sayozli 3s-sath (bog‘lanish energiyasi 5 meV) rezonans sath ekanligi aniqlangan;
ishlab chiqilgan asimptotik usul asosida «kuchsiz» magnit maydoniga (H~100 Gs) kiritilgan yarimo‘tkazgichda (AIIIBV) elektronlarning harakatchanligi, ularning kirishma neytral atomlarida rezonans sochilishi sharoitida va 1 K harorat atrofida maksimal qiymatga erishishi ko‘rsatilgan;
elektronlarning neytral atomlarda rezonans sochilishi sharoitida, klassik siklotron rezonans yutilish spektrining konturini yoyilib ketishini ifodalaydigan asimptotik formulalar keltirib chiqarilgan hamda ular asosida zaryad tashuvchilarning kirishma ionlarda sochilishini tavsiflaydigan transport kesimiga tuzatmalar aniqlangan;
harorat T→0 intilganda, kuchli legirlangan yarimo‘tkazgichning sirtida ikki o‘lchamli (2D) elektron gazning sezilarli darajada to‘planib qolish kriteriysi uchun hisoblash ifodalari olingan hamda to‘planib qolish effekti o‘rtacha hisobda 60 % bajarilishi ko‘rsatilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yarimo‘tkazgichlarda zaryad tashuvchilarning kirishmaviy effektlari: kinetik parametrlarni hisoblashni asimptotik usullarini ishlab chiqish asosida:
zaryad tashuvchilarning kirishmaviy effektlarini tavsiflovchi kinetik parametrlarni hisoblash uchun ishlab chiqilgan asimptotik usul F2-OT-O-15494 raqamli «Yuqori samarali fotodetektorlarni yaratish maqsadida eksitonlarni, polyaronlarni va kvant nuqtali nanoo‘lchamli geterotuzilmalarda ko‘chish hodisalarni o‘rganish» fundamental loyihasida kvant o‘radagi kirishmaviy holatlarning qisqa to‘lqinli asimptotikasini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3312-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish kovalent yarimo‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi, issiqlik o‘tkazuvchanligi, Xoll koeffisienti va termo-e.yu.k. hisoblab chiqarish imkonini bergan;
zaryad tashuvchilarning kirishma ionlarda sochilishini tavsiflaydigan transport kesimiga tuzatmalar uchun olingan analitik ifodalar Perm` davlat universitetida yangi turdagi yarimo‘tkazgichli moddalarning hossalarini oldindan aytib berish bo‘yicha olib boriladigan tadqiqot ishlarida qo‘llanilgan (Perm` davlat milliy tadqiqot universitetining 2019 yil 10 apreldagi 125-3/1704-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yangi turdagi yarimo‘tkazgichli materiallarning kinetik hossalarini bashoratlash va optimallash imkonini bergan.