Xasanov Muzaffar Masharipovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moslangan manbali yuklangan nochiziqli Shredinger va modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamalarini davriy funksiyalar sinfida integrallash», 01.01.02– differensial tenglamalar va matematik fizika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM111.
Ilmiy rahbar: Xasanov Aknazar Bekdurdievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.28.12.2017.FM.55.01.
Rasmiy opponentlar: Kudaybergenov Karimboy Kadirbergenovich, fizika-matematika fanlari doktori, Mamedov Kudrat Allamovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Matematika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: differensial operatorlar uchun teskari spektral masala yordamida davriy funksiyalar sinfida yuklangan nochiziqli Shredinger tenglamasi va moslangan manbali modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasining echimlarini topishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davriy funksiyalar sinfida moslangan manbali modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasi to‘la integrallanuvchi bo‘lishi isbotlangan;
davriy funksiyalar sinfida yuklangan hadli modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasi to‘la integrallanuvchi bo‘lishi isbotlangan;
davriy funksiyalar sinfida yig‘indi ko‘rinishidagi moslangan manbali yuklangan modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasi to‘la integrallanuvchi bo‘lishi isbotlangan;
davriy funksiyalar sinfida integral manbali yuklangan modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasi to‘la integrallanuvchi bo‘lishi isbotlangan;
davriy funksiyalar sinfida yuklangan hadli nochiziqli Shredinger tenglamasining to‘la integrallanuvchi bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davriy funksiyalar sinfida yuklangan nochiziqli Shredinger tenglamasi va moslangan manbali modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasining echimlarini topish asosida:
davriy funksiyalar sinfida moslangan manbali modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamasini integrallash masalasi MTM2013-43014-P raqamli  «Nonlinear Ordinary Differential Equations» xorijiy loyihasida manbali evolyusion elliptik tenglamalar echishda qo‘llanilgan ( Santiago de Kompostella universitetining 2019 yil 21 oktyabrdagi ma’lumotnomasi, Ispaniya). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi  moslangan manbali evolyusion elliptik tenglamalar bilan bog‘liq dinamik sistemalarning fazaviy o‘zgarishlarini baholash imkonini bergan;
moslangan manbali modifisirlangan Korteveg-de Friz va yuklangan hadli modifisirlangan Korteveg-de Friz tenglamalarini davriy funksiyalar sinfida integrallashga oid natijalar «Qualitative properties and bifurcations of differential equations and dynamical systems» xorijiy  loyihasida nochiziqli differensial tenglamalar echimini tahlil qilishda qo‘llanilgan (Bratislava Komenius universitetining 2019 yil 25 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nochiziqli tenglamalar bilan bog‘liq dinamik sistemalar holatlari o‘zgarishini baholash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish