Esanov Zafar Utkirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir qator silikat kristallarda strukturaviy va kiritma nuqson markazlarining o‘zaro bog‘liqligi», 01.04.07–Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM182.
Ilmiy rahbar: Nuritdinov Izzatillo, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, Astronomiya instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Djumanov Safarali, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qurbanov Abdulla Mamasoatovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Y2SiO5, Lu2SiO5 i Gd2SiO5 oksid qattiq jism silikat kristallarida strukturaviy va kiritma nuqson markazlarining o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kristallar strukturasida turli konfiguratsiyaviy holatlarda bo‘lgan kiritma markazlarini ajratish metodikasi ishlab chiqilgan, ushbu metodni qo‘llagan holda Y2SiO5 va Lu2SiO5 kristallarida Se1 markazlar kislorodli ettiyoqlilar bilan,  Se2 markazlar - kislorodli oltiyoqlilar bilan, Gd2SiO5 kristallarida esa Se1 markazlar kislorodli to‘qqizyoqlilar bilan, Se2 markazlar kislorodli ettiyoqlilar bilan bog‘liqligi tajribalarda isbotlangan;
past dozalarda gamma nurlari (D>106 rad) yoki neytronlar (F>1014 n/sm2) bilan nurlantirganda, shuningdek  kam vaqt mobaynida (700oS da 1 soatgacha) yuqori haroratli qaytaruvchi termik ishlov berilganda Y2SiO5:Se, Lu2SiO5:Se va Gd2SiO5:Se kristallarida Se4+→Se3+ o‘tishlar hisobiga uch valentli seriy ionlari miqdorining ko‘payishi hisobiga Se3+ ionlari lyuminessensiyasi chiqishining ortishi aniqlangan;
yuqori dozalarda gamma nurlari (106 radgacha) yoki neytronlar (1014 n/sm2 flyuenslargacha) bilan nurlantirilganda, shuningdek  yuqori haroratli qaytaruvchi termik ishlov berish vaqti yoki harorati oshirilganda (T>700oS haroratda t>1soatdan ortiq) Y2SiO5:Se va Lu2SiO5:Se kristallarida xususiy nuqsonlar hosil bo‘lishi, bunda kristallar strukturasidagi Si4+,Y3+, Lu3+  va  Se3+ kationlari tevaragidan kislorod atomlari chiqib ketishi, kremniy-kislorod tetraedrlarida anion vakansiyalari vujudga kelishi, Y3+, Lu3+ va Se3+ ionlarining atrofida valent-konfiguratsiyaviy o‘zgarishlar sodir bo‘lishi ko‘rsatilgan;
Y2SiO5, Lu2SiO5 va Gd2SiO5 kristallardagi seriy kiritma markazida sodir bo‘ladigan valent-konfiguratsiyaviy o‘zgarishlar mexanizmlari aniqlangan va kristallardagi ba’zi strukturaviy nuqsonlar tabiati identifikatsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Y2SiO5, Lu2SiO5 va Gd2SiO5 kristallaridagi strukturaviy va kiritma markazlarining o‘zaro ta’siri va bir-biri bilan bog‘liqligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan kristallar strukturasida turli konfiguratsiyaviy holatlarda bo‘lgan kiritma markazlarini ajratish metodikasi OT-F2-27 raqamli  «O‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan o‘tkinchi metallar ioni bilan aktivlashtirilgan fosfat va silikat shishalariga murakkab maydonlarning temoradiatsion ta’sirida fundamental yutilish chegarasini va kvant effektlarining o‘zgarishini tadqiq etish» fundamental loyihasida  foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 89-03-1511-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi kvars shishalaridagi kiritma atomlari konfiguratsiyalarini aniqlash imkonini bergan;
past dozalarda gamma nurlari yoki neytronlar bilan nurlantirganda, shuningdek  kam vaqt mobaynida yuqori haroratli qaytaruvchi termik ishlov berilganda Y2SiO5:Se, Lu2SiO5:Se va Gd2SiO5:Se kristallarida Se4+→Se3+ o‘tishlar hisobiga uch valentli seriy ionlari miqdorining ko‘payishi hisobiga Se3+ ionlari lyuminessensiyasi chiqishining ortishi mexanizmi OT-F2-27 raqamli «O‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan o‘tkinchi metallar ioni bilan aktivlashtirilgan fosfat va silikat shishalariga murakkab maydonlarning temoradiatsion ta’sirida fundamental yutilish chegarasini va kvant effektlarining o‘zgarishini tadqiq etish» fundamental loyihasida silikat shishalaridagi kiritma atomlari lyuminessensiyasi ortishini tushuntirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 89-03-1511-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi ba’zi silikat shishalaridagi kiritma atomlari lyuminessensiyasining ko‘payish mexanizmini aniqlashga yordam bergan;
yuqori dozalardagi gamma nurlari yoki neytronlar bilan nurlantirganda, shuningdek  yuqori haroratli qaytaruvchi termik ishlov berish vaqtini yoki haroratini oshirganda Y2SiO5:Se va Lu2SiO5:Se kristallarida xususiy nuqsonlar hosil bo‘lish mexanizmlarining aniqlanishi Samarqand davlat universitetining OT-F2-27 raqamli «O‘zgaruvchan valentlikka ega bo‘lgan o‘tkinchi metallar ioni bilan aktivlashtirilgan fosfat va silikat shishalariga murakkab maydonlarning temoradiatsion ta’sirida fundamental yutilish chegarasini va kvant effektlarining o‘zgarishini tadqiq etish» fundamental loyihasida fosfat va silikat shishalar strukturasidagi radiatsiyaviy hamda termik nuqsonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 apreldagi 89-03-1511-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi shishalarda ba’zi bir nuqsonlarning hosil bo‘lish mexanizmlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish