Zaripov Abdujappar Abdurazakovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Dielektriklarga elektroeroziya yordamida ishlov berishdagi jarayonlar», 01.04.04–Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/FM157.
Ilmiy rahbar: Ashurov Xatam Baxronovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM./T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Turaev Nazar Yuldashevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Tashatov Allanazar Karshievich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tok o‘tkazmaydigan materiallarga elektroeroziyaviy ishlov berishning fizik tabiatini va shakllantirilgan yuqori chastotali impul`sli elektr razryadlarining dielektrik sirti bilan ta’sirlashuv mexanizmlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dielektrik va yarimo‘tkazgichlarga ishlov imkonini beruvchi universal elektroeroziya qurilmasi  ishlab chiqilgan;
elektrolitlardagi katod oldi sohalarida bug‘-gaz qatlami hosil bo‘lish shartlari, plazma qobiq paydo bo‘lish qonuniyatlari va vol`tamper xususiyatlari aniqlangan;
katod oldi sohalarida plazma qatlamning davomiylik, turg‘unlik, doimiylik shartlari aniqlangan;
impul`sli elektr razryadlari sharoitida kritik tok zichligining anod fizikaviy-texnikaviy kattaliklariga bog‘liqliklari topilgan;
elektr kattaliklarining va sarflanayotgan elektr quvvatining oshishi teshish unumdorligiga ta’siri aniqlangan;
elektrolit muhitdagi dielektriklar eroziyasi jarayonini tushuntiruvchi kavitatsiya mexanizmi asoslangan;
elektrolit to‘yinganligining oshishi bilan sirt taranglik koeffisientining pasayishini tushuntiruvchi kengaytirilgan kondensator modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dielektriklarga elektroeroziyaviy ishlov berishning fizik tabiatini va shakllantirilgan yuqori chastotali impul`sli elektr razryadlarining dielektrik sirti bilan ta’sirlashuv mexanizmlarini aniqlash asosida:
teshish tezligi va uning fizik kattaliklari orasidagi bog‘liqlik, plazma qatlamining davomiylik, doimiylik va turg‘unlik shartlari, shuningdek, kavitatsiyaning noyob mexanizmi asosida olingan ilmiy natijalar Angren shahridagi Armatura-izolyator zavodida polimer izolyatorlarni teshishda qo‘llanilgan («O‘zbekenergo» aksionerlik jamiyatining 2019 yil 1 maydagi  XSh01-23.676-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish ishlov berish unumdorligini va polimer namunani mustahkamligini oshirish imkonini bergan;
 katod oldi sohalaridagi plazma qatlamining impul`sli elektr razryadlariga bog‘liqligi va elektrolit muhitlardagi elektroeroziyaviy ishlov berish mexanizmi bo‘yicha olingan natijalar A-4-7-raqamli «Mikro va optoelektronika, jumladan quyosh energetikasi uskunalari uchun kremniy va arsenid galliy monokristall yupqa pardalari sirtiga yaqin sohalariga geteroepitaksial tuzilmalarni sintez qilish» amaliy loyihasida yarimo‘tkazgich va dielektriklarda ulovchi teshiklar ochish uchun qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 maydagi 89-03-1749-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgich va dielektriklarda yuqori aniqlikdagi teshiklar ochish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish