Yadgarov Ishmumin Djabbarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Atomlar va klasterlarning kumush, mis va grafen sirti bilan o‘zaro ta’sirini modellashtirish», 01.04.04–Fizik elektronika (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/FM139.
Ilmiy maslahatchi: Umarov Farid Faxrievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, DSc.30.05.2018.FM/T.65.01.
Rasmiy opponentlar: Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Umirzakov Baltoxodja Ermatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Qutliev Uchqun Otaboevich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atom va klasterlarning (Ag, Co va AgCo) kumush va mis kristallari, shuningdek vodorod atomi va uglerod klasterlarining grafen bilan o‘zaro ta’siri jarayonlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli o‘lchamdagi to‘g‘ri burchakli shaklga ega gomogen va binar grafensimon kristallarda atomlar joylashishini aniqlashning modellashtirish dasturi ishlab chiqilgan;
Djonson potensiali doirasida kumush, kobal`t va (AgCo) aralashmali klasterlarida bir atomga to‘g‘ri keladigan bog‘lanish energiyasining klasterdagi atomlar soniga bog‘liqligi aniqlangan;
energiyasi 5 eV/atom bo‘lgan kichik Son (n=1-14) klasterlarini kumush kristalli sirtiga o‘tqazish natijasida klasterlar maksimal radiuslarining nisbiy uzayishi aniqlangan;
grafen sirtidan boshlab hisoblanganda «armchair»-, «zigzag»-yo‘nalishlarida sirpanuvchi burchaklar ostida 100 eV energiya bilan tushayotgan vodorod va uglerod atomlarining grafendan sochilishining energiyaviy taqsimotlari topilgan;
ilk bor 100 eV, 200 eV i 400 eV energiyali vodorod atomlari grafenning «zigzag»-, «armchair»-yo‘nalishlari bo‘ylab normal tushishida va grafen orqali o‘tgan vodorod atomlarining energiyaviy va burchak taqsimotlari aniqlangan;
ilk bor S7, S12 va S13 doiraviy klasterlarning grafen bilan kimyoviy bog‘lanishlarining turli-tuman bo‘lishligi va har xil bog‘lanish energiyalari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Atomlar va klasterlarning kumush, mis va grafen sirti bilan o‘zaro ta’sirini modellashtirish asosida:
grafen va metallar sirti bilan atomlar va klasterlarning o‘zaro ta’siri jarayonini kompyuterda modellashtirish uchun ishlab chiqilgan dastur, shunungdek grafen strukturasining kompyuter modelini qurish va uglerodli klasterlarning grafen bilan o‘zaro ta’sirini modellashtirish Qozog‘iston-Britaniya texnika universitetida yangi nanomateriallar asosida olib borilayotgan eksperimental tajribalarni tahlil qilishda foydalanilgan (Qozog‘iston-Britaniya texnika universitetining 2019 yil 25 oktyabrdagi 03-3/1859-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish grafensimon materiallar va metall klasterlar strukturasini o‘rganish imkonini bergan;
doiraviy klasterlar S7, S12 va S13 ning grafen bilan kimyoviy bog‘lanishlarining turli-tuman bo‘lishligi, shuningdek doiraviy klasterlar ta’sirida grafen shaklining o‘zgarishini aniqlash Antverpen universitetida 12M318N raqamli «Long time scale dynamics of carbon nanostructure growth» loyihasida uglerodli nanostrukturalarni o‘stirishda foydalanilgan (Antverpen universitetining 2019 yil 22 oktyabrdagi ma’lumotnomasi, Belgiya). Ilmiy natijalardan foydalanish turli o‘lchamdagi klasterlar bilan grafenning o‘zaro ta’siri jarayonini aniqlash imkonini bergan;
turli ulchamdagi oddiy va aralashmali mis va kumush klasterlarining turg‘un strukturalari va konfiguratsiyalarini kompyuterda modellashtirish bilan olish, shunungdek metallar sirti bilan kumush va kobal`t klasterlarinig o‘zaro ta’siri jarayonini va shu klasterlarning maksimal radiuslarining o‘zgarishini aniqlash F2-FA-F161 raqamli «Erkin yupqa plyonkalar (AI,Cu,Ag, Cu-Si) va massiv kristallar (W,WOn,TiN,CdTe, SiO2) yuzasida ion implantatsiyasi usuli bilan hosil qilingan nanoo‘lchamli getrostrukturalarning shakllanish mexanizmlari va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish» loyihasida yupqa plyonkalar strukturalarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 8 maydagi 2/1255-1392-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish mis va kumush yupqa plyonkalari strukturalarini va yupqa plyonkalarda atomlarning fazoviy joylashishini aniqlash imkonini bergan.