Xudayberdiev Zokir Bozorboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uch qatlamli kompozit plastinkalarning nostatsionar tebranishlari», 01.02.04– Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM135.
Ilmiy rahbar: Xayrulla Xudaynazarov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti va Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.30.08.2018.FM/T.02.09.
Rasmiy opponentlar: Abdikarimov Rustamxon Alimxanovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; O‘sarov Maxamadali Qoraboevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent temir yo‘llar muhandislik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uch qatlamli plastinkaning nostatsionar tebranishlari dinamikasining hisoblash usulini ishlab chiqish, matematik modeli va algoritmini yaratish, plastinka tebranishida ko‘ndalang kesim ixtiyoriy nuqtasida kuchlanish va ko‘chishni aniqlash, impulsli qo‘zg‘aluvchan va boshqa yuklanishlar hamda zarb to‘lqini ta’siri ostidagi uch qatlamli plastinkani hisoblash metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik yuklanishlar ta’siridagi qatlamli plastinkalarni hisoblashning yangi usuli ishlab chiqilgan;
zarba to‘lqini va dinamik yuklanish ta’siriga uchragan uch qatlamli plastinka tebranishlarining yangi amaliy masalasi echilgan;
tutib turuvchi qatlam va to‘ldiruvchining geometrik hamda elastik xarakteristikalarining tebranish amplitudasi va chastotasiga hamda plastinkaning kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatiga aniq ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan;
turli xil dinamik yuklanishlarda va ikki qatlamli hamda bir jinsli plastinkaga o‘tishda turli xil chegaraviy shartlar bilan uch qatlamli plastinkani hisoblash algoritmi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Asosiy ishlab chiqilgan matematik modellar hisoblash usullari, algoritmlar va uch qatlamli kompozit plastinka nostatsionar tebranishlari sonli tahlili uchun dasturiy ta’minotlar asosida:
qo‘zg‘aluvchan, dinamik va qo‘zg‘almas yuklanish ta’siri ostidagi uch qatlamli plastinka egilishini hisoblash usuli «Me’mor Utkir Chovka» mas’uliyati cheklangan jamiyatda plastinka zichligini ta’minlovchi qatlamli armaturalar o‘lchamlarini almashtirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi  1186/30-01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi armaturalar orasidagi masofani 0.05 m gacha oshirish bilan oldindan belgilangan miqdorga nisbatan metallni 20% gacha tejash imkonini bergan;
uch qatlamli plastinka deformatsiyalanish holatini baholash usuli «Me’mor Utkir Chovka» mas’uliyati cheklangan jamiyatda plastinka nuqtalarining egilishi jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi  1186/30-01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi  plastinkaning ko‘tarish qobiliyatini 12–14%ga oshirish imkonini bergan;
ikkita tutib turuvchi beton qatlamlar va engil to‘ldiruvchidan tuzilgan uch qatlamli plastinka tekisligi normali bo‘ylab yo‘nalgan kuchlanish ta’siri konsentratsiyasi maydonini aniqlash «SVP MASKAN» mas’uliyati cheklangan jamiyatda uch qatlamli plastinka uchlanganlik-deformatsiya holatini aniqlash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi  1186/30-01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi  material sarfini 5–10%ga tejash imkonini bergan;
qo‘zg‘aluvchan, dinamik va qo‘zg‘almas yuklanish ta’siri ostidagi uch qatlamli plastinka egilishini hisoblash «SVP MASKAN» mas’uliyati cheklangan jamiyatda plastinka zichligini ta’minlovchi qatlamli armaturalar o‘lchamlarini almashtirish jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2018 yil 8 iyundagi  1186/30-01-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi to‘sin plastinka uch qatlamliligini hisobga olgan holda qurilmaning og‘irligini 7% ga kamaytirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish