Shodmonova Gulnoza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Transgen (VT) g‘o‘za asosida kemiruvchi hasharot (Helicoverpa armigera)ga bardoshli bo‘lgan seleksion ashyo yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx133.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Aramov Muzaffar Hoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Boboev Sayfullo G‘ofurovich, biologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zRFA Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘o‘zada tarqalgan VT gen namunalaridan foydalanib, mahalliy navlarga ushbu noyob belgining o‘tqazish va boshqa xo‘jalikka qimmatli bo‘lgan belgilar bilan mujassamlashtirish hamda ko‘sak qurtiga bardoshli bo‘lgan namunalarni tahlil qilish bilan birga seleksiya ishlari uchun boshlang‘ich ashyolar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Hindistonning Mayko Sid kompaniyasidan VT gen namunasi tadqiqotlarga jalb etildi. Bu noyob gen g‘o‘za hujayra yadrosida joylashganligi sababli meyoz jarayonida bo‘linib, irsiylanishi hosil elementlarini saqlaganligi isbotlangan;
yakka tanlovlar olib borish natijasida ko‘sak qurtiga bardoshlilikning irsiylanishi hamda irsiylanish koeffisienti aksariyat holda yuqori bo‘lganligi aniqlangan;
belgilar orasidagi korrelyativ bog‘liqliklar VT gen orqali olingan duragaylash natijasida ijobiy tomonga og‘ishi ma’lum bo‘lib, tezpisharlik va ko‘sak qurtiga bardoshlilik belgilari bir genotipda mujassamlanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘za seleksiyasida transgen (VT) g‘o‘za asosida kemiruvchi hasharot (helicoverpa armigera)ga bardoshli bo‘lgan yangi ashyolar yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning natijalari asosida:
tezpishar, qimmatli xo‘jalik belgilarining yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan hamda g‘o‘za tunlamiga bardoshli 3 ta tizma PSUEAITIning “G‘o‘zaning dunyoviy kolleksiyasi va introduksiyasi” laboratoriyasiga topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 05/020-3599-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘za genofondi boyitilgan;
bir necha belgilarning yuqori ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan to‘rtta tizma VA VFI -005 -2017 «Tola sifati yuqori bo‘lgan, o‘rta tolali suv tanqisligiga va sho‘rxoklikka bardoshli, tezpishar, yirik ko‘sakli va tola chiqimi 40 foizdan kam bo‘lmagan nav yaratish» hamda QX-A-QX-2018-135 «Seleksiya fani va biokimyoning zamonaviy yutuqlaridan foydalanib o‘zining sifatli va miqdoriy belgilar bo‘yicha ekilayotgan navlardan ustun keladigan, G. barbadense L. va G. hirsutum L. turlariga oid nav yaratish va Davlat nav sinash komissiyasining gruntnazoratiga topshirish» loyihalariga boshlang‘ich ashyo sifatida topshirilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 05/020-3599-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tizmalar chatishtirish ishlariga jalb etilgan.
tola hosildorligi yuqori, tezpishar, yuqori tola indeksli yangi S-2616 navi yaratilgan va PSUEAITIning markaziy tajriba xo‘jaligida 0,4 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 noyabrdagi 05/020-3599-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu navning navdorligi 98 foizni tashkil etgan.