Orazbayeva Gulmira Egambergenovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi  himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G‘o‘zada tabiiy barg to‘kish xususiyatining irsiylanishi va morfoxo‘jalik belgilari bilan bog‘lanishi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx372.
Ilmiy rahbar: Babaev Yashin Amanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Namazov Shadman Ergashovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Rizaeva Safiya Mamedovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutum L. turichi duragaylarida g‘o‘zada tabiiy barg to‘kish xususiyatini irsiylanishini va uning tezpisharlik, mahsuldorlik, bir dona ko‘sakdagi paxta xom-ashyosi vazni, tola chiqimi va sifati bilan o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish, buning asosida yuqori tabiiy barg to‘kish xususiyatiga ega, tezpishar va qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega duragay materiallar yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
birinchi marotaba kam bargli va erta tabiiy barg to‘kish xususiyatiga ega bo‘lgan mahalliy navlar hamda tizmalararo chatishtirishdan olingan F1, F2 va  F3 duragaylari va ularning bekkross duragaylarida tabiiy barg to‘kish xususiyatini irsiylanishi va uning boshqa asosiy morfoxo‘jalik belgilari bilan bog‘liqligi aniqlangan;
tabiiy barg to‘kish xususiyatining boshqa qimmatli xo‘jalik belgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda irsiylanishi va g‘o‘za seleksiyasida tabiiy barg to‘kish xususiyati yuqori va kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega bo‘lgan navlar yaratish mumkinligi isbotlangan;
olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida tabiiy barg to‘kish xususiyati yuqori, tezpishar, yuqori mahsuldor, vilt kasalligiga bardoshli yangi tizmalar yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G‘o‘zaning nav va tizmalararo duragaylarida tabiiy barg to‘kish xususiyatining irsiylanishi hamda morfoxo‘jalik belgilari bilan bog‘liqligini o‘rganish natijasida olib borilgan ilmiy izlanishlar asosida:
g‘o‘zaning yangi tezpishar, tabiiy barg to‘kish xususiyati yuqori, hosildor, vilt kasalligiga bardoshli T-1435, T-115, T-45, T-1993 va T-932/1018 tizmalari yaratilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02/020-269-son ma’lumotnomasi). Natijada T-115 va T-932/1018 tizmalari institut katta va kichik nav sinoviga topshirilgan;
g‘o‘zaning yangi S-8295 navi yaratilib 2015 yilda Davlat nav sinoviga topshirilgan. Ushbu nav 2016-2019 yillarda Namangan viloyatida jami 5974,0 gektarda joriy etilgan va bugungi kunda ishlab chiqarish sinovidan o‘tmoqda. 2019 yilda g‘o‘zaning yangi S-8295 navi Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida “Fergana Global Textile” MChJ agroklasterida 300,0 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligining 29.06.2019 yil 02/020-898-sonli ma’lumotnomasi). Natijada S-8295 navini 2020 yilda navni Davlat reestriga kiritish va alohida elita urug‘chilik xo‘jaligi tashkil etish bo‘yicha viloyatdan taklif olingan (Namangan viloyati Hokimligining 2019 yil 31 oktyabr`, 05/14-3244-son xati);
S-8295 naviga Intellektual mulk agentligi tomonidan NAP00211-raqamli Patent berilgan (7.12.2018 y.), (Intelektual mulk agentligining 2019 yil 4 may 01-11/801-son xati), (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 2 oktyabrdagi 02/020-269-son ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish