Begimqulov Behzod Uralovichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘rta tolali g‘o‘zaning geografik uzoq duragaylarida belgilar bo‘yicha bosqichma-bosqich yakka tanlovning samaradorligi», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx446.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Paridun Shukurovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning «S-2612» navi (№NAR 00188, 01.07.2015 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 18 dekabrdagi 01-11/2529-son xulosasi.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: g‘o‘zaning «S-2615» navi (№NAR 00189, 01.07.2015 y.). O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 18 dekabrdagi 01-11/2529-son xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘rta tolali g‘o‘zaning jo‘g‘rofiy uzoqlashgan duragaylarida kompleks belgilar bo‘yicha emas balki yakka belgi bo‘yicha seleksiya ishlarini bosqicha-bosqich olib borib hamda yakka tanlov oilalarini to‘liq o‘rgangan holda tezpishar, tola chiqimi va sifati yuqori bo‘lgan, viltga chidamli boshlang‘ich seleksion ashyo yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bosqichma-bosqich yakka belgi bo‘yicha tanlov ishlarini samarasi aniqlangan;
g‘o‘za oilalari ichidagi o‘zgaruvchanlik va oilalar orasidagi o‘zgaruvchanlik bilan taqqoslab o‘rganilgan;
keskin chiqitga chiqarish samarasi aniqlangan;
tadqiqotlarning so‘nggi bosqichida olingan F5 duragaylarning vilt bilan zararlanganligi o‘rganilgan;
viltga chidamli bo‘lgan S-2612 va S-2615 g‘o‘za navlari yaratilgan;
bosqichma-bosqich korrelyativ bog‘lanish o‘zgarishi kuzatilgan;    
yakka belgi bo‘yicha bosqichma-bosqich yakka tanlov uslubi orqali har bir oilaning avlodi maksimal holda o‘rganilgan va bu holatni birinchi marotaba qo‘llanilishi duragaylar sonini kamaytirishga olib kelgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bosqichma-bosqich yakka belgi bo‘yicha tanlov ishlarini samarasi yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
g‘o‘zaning yangi yaratilgan “S-2612” navi Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida Surxon agro uchastkasida superelita urug‘lari 10 ga maydonda va viloyat bo‘yicha R-1 urug‘lari 480 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 02/020-2383-son ma’lumotnomasi) Natijada mazkur nav respublikamiz sharoitida ertapishar navlardan hisoblanib, sinov yillarida vegetatsiya davri davomiyligi 105–110 kunni tashkil etgan. Ko‘sak yirikligi 7,0–7,5 gramm, mahsuldorligi 70–80 gramm, tola chiqimi 37–38 foiz, tola hosildorligi 11–13 s/ga, tola uzunligi 1,16–1,18 dyyum, mikroneyri 4.3–4.4, Vilt kasalligiga bardoshliligi yuqori, hosildorligi 45–55 s/ga ni tashkil qilgan;
g‘o‘zaning yangi yaratilgan “S-2615” navi Namangan viloyatining Uychi tumanida DNS shaxobchalarida ishlab chiqarish sinovidan o‘tgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 17 sentyabrdagi 02/020-2383-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur nav respublikamiz sharoitida vilt kasalligiga bardoshli navlardan hisoblanib, sinov yillarida vegetatsiya davri davomiyligi 115–118 kunni tashkil etgan. Ko‘sak yirikligi 6,0–6,5 gramm, mahsuldorligi 60–70 gramm, tola chiqimi 36–38 foiz, tola hosildorligi 10–12 s/ga, tola uzunligi 1,15–1,17 dyyum, mikroneyri 4.3–4.5, vilt kasalligiga bardoshliligi yuqori, hosildorligi 40–45 s/ga ni tashkil qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish