Ravshanov A’zam Erkinovichning dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiropatenti) asosida fan doktori (DSc) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Ba’zi tashqi muhit omillariga bardoshli bo‘lgan, kompleks belgilari bo‘yicha yuqori ahamiyatga ega g‘o‘zaning seleksion ashyosini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V 2019.2.DSc/Qx 128.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
Ilmiy rahbar: Avtonomov Viktor Aleksandrovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori,
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Surxon-106 (№ NAP 00247), o‘rta tolali S-6580 (№ NAP 00246), S-7306 (№ NAP 00048), S-7333 (№ NAP 00249).
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2019 yil 3 dekabrdagi 01-11/2441; 01-11/2444; 01-11/2443; 01-11/2442-son xulosalari.
II. Tadqiqotning maqsadi: G‘o‘za seleksiyasida turli usullardan foydalangan holda G.hirsutum L. turiga mansub vertisillyoz viltga va G.barbadense L. turiga mansub gommoz kasalligiga bardoshli seleksion navlarni yaratish hamda vilt va gommoz bilan kuchli zararlangan mintaqalarda ekish uchun tavsiya etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor G.hirsutum L. turiga mansub geografik jihatdan uzoq bo‘lgan tizmalararo va navlararo duragaylash natijasida olingan ashyolarning V.dahliae patogeniga bardoshliligi va qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi aniqlangan;
G.barbadense L. turining geografik jihatdan uzoq bo‘lgan navlararo duragaylarida tezpisharlik, mahsuldorlik, yuqori haroratga bardoshlilik va boshqa qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi va ular orasidagi bog‘liqlik aniqlangan;
G.barbadense L. turiga mansub tola sifati IA-tip bo‘lgan, yuqori haroratga va gommozga bardoshli g‘o‘zaning ingichka tolali  Surxan-106 navi va G.hirsutum L. turiga mansub tola sifati IV-tip bo‘lgan g‘o‘zaning S-6580, S-7306 va S-7333 navlari yaratilgan;,
Yangi yaratilgan ingichka tolali g‘o‘zaning Surxon-106 navi va o‘rta tolali S-6580, S-7306 hamda C-7333 navlari viltga bardoshliligi va Respublikamizning janubidagi yuqori haroratga ega tuproq iqlim sharoitlarida etishtirishga mosligi, rayonlashgan navlarga nisbatan hosildorligi 7-12%, tola chiqimi 4-9%  hamda tola sifati yuqori ekanligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Respublikaning turli tuproq iqlim sharoitlarida ekish uchun tashqi muhitning noqulay omillariga, suv tanqisligiga hamda kasallik va zararkunandalarga bardoshli, serhosil,ertapishar, yuqori tola sifatiga ega bo‘lgan ingichka tolali g‘uzaning Surxan-106 (3.12.2019  yilda №NAP 00247), S-6580 (3.12.2019 yilda №NAP 00246), S-7306 (3.12.2019 yilda №NAP 00048), S-7333 (3.12.2019 yilda №NAP 00249) navlariga patentlar olingan;
Tadqiqot ishlari natijasida yaratilgan Surxon-106, S-6580, S-7306 va S-7333 g‘o‘za navlari 2020 yildan boshlab Surxondaryo, Namangan va Toshkent vilotlarining turli tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli nav sifatida qishloq xo‘jalik ekinlari davlat reestriga kiritishga tavsiya berilgan;
2019 yilda Surxan-106 navi Surxondaryo viloyatida 27,6 gektar, S-6580 navi Namangan viloyatida 31,6 gektar, S-7306 va S-7333 navlari Toshkent viloyatida mos ravishda 21,0-24,0  gektar maydonga ekilib ko‘paytirilgan (O‘zbekiston respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 9 dekabr` 02/020-4136-sonli ma’lumotnomasi);
 2019 yilda istiqbolli Surxan-106 navidan Surxondaryo viloyatida 38,8 s/ga, S-6580 navidan Namangan viloyatida 39,4 s/ga, S-7306 va S-7333 navlaridan Toshkent viloyatida mos ravishda 34,2-37,1 s/ga hosil olishga erishilgan. Ingichka tolali Surxon-106 g‘o‘za navining tola sifati IA-tipga mansubligi sababli iqtisodiy samaradorlik 1 gektar maydondan sof foyda 14975627 so‘mni , tola sifati IV-tipga mansub bo‘lgan g‘o‘zaning o‘rta tolali S-6580 navidan 1 gektar maydondan sof foyda 5722665 so‘mni, S-7306 navidan 1 gektar maydondan sof foyda 5640665 so‘mni va S-7333 navidan 1 gektar maydondan sof foyda 4847999 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish