Mavlonova Nasiba Umarovnaning
falsafa doktori dissertatsiyasi (PhD) himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «G.hirsutumL.turiga mansub navlar seleksiyasida bekkross duragaylash orqali suv tanqisligiga bardoshli seleksion ashyolar yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Qx121.
Ilmiy rahbar: Madartov Baxrom Kuvandikovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc. 27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Narimonov Abdujalil Abdusamadovich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanturdiev Alisher Balkibaevich qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: G.hirsutumL. turiga mansub navlar seleksiyasi uchun bekkross duragaylash usuli orqali yaratilgan g‘o‘za oilalarida ayrim qimmatli xo‘jalik belgilarining o‘zgaruvchanligi va shakllanishini maqbul sug‘orish tartibi va suv tanqisligi sharoitida qiyosiy tadqiq qilish va ularning genetik jihatdan boyitilgan seleksion ashyolarni yaratishdagi samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor G.hirsutum L. turiga mansub navlar seleksiyasida turli sug‘orish tartiblarida bekkross duragaylashning samaradorligi aniqlangan;
G.hirsutum L. turiga mansub navlar bo‘yicha turli sug‘orish tartiblarida ko‘p martali bekkross duragaylash uslubini qo‘llagan holda o‘rta tolali g‘o‘zaning suv tanqisligiga bardoshli, boyitilgan genotipga ega yangi oila,tizmalari yaratilgan;
ko‘p martali bekkross duragaylash orqali yaratilgan oilalarning bekkross duragaylashdan olingan oilalarga nisbatan tezpishar, viltga bardoshli, tolasining sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lganligi va bu ko‘rsatkichlarning barqaror saqlanishi aniqlangan;
ko‘p martali bekkross duragaylash usuli duragay oilalarning xo‘jalik belgilarida namoyon bo‘ladigan ayrim salbiy korrelyativ bog‘liqliklarni bartaraf etishda samarador ekanligi, shu yo‘l bilan belgilarning ijobiy majmuiga ega ashyolar ajratib olish imkoniyati yuqori ekanligi ilmiy asoslangan;
turli sug‘orish tizimlarida bekkross duragaylash asosida ilk bor qimmatli xo‘jalik belgilari ijobiy, jumladan, tola uzunligi yuqori, hosildor va vertisellyoz viltga bardoshli yangi T-21-23/18, T-85-86/18 tizmalari, suv tanqisligi va vertisillyoz viltga  bardoshli, yuqori hosildor, tezpishar va tolasi uzun bo‘lgan o‘rta tolali ToshDAU-130 g‘o‘za navi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
G.hirsutum L. turiga mansub navlar seleksiyasida bekkross duragaylashning samaradorligini o‘rganish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bekkross duragaylash asosida genetik jihatdan yangi, suv tanqisligiga bardoshli, tezpishar, tola chiqimi yuqori, hosil sur’ati yuqori bo‘lgan yangi T-21-23/18 g‘o‘za tizmasi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/020-2279-son ma’lumotnomasi). Natijada tizma bo‘yicha andoza S-6524 naviga nisbatan 4,0-4,5 s/ga yuqori hosildorlikka va 1-3 kunga tezpisharlikka erishilgan;
bekkross duragaylash usulida suv tanqisligiga va vertisellyoz viltga bardoshli, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, 1000 dona chigit vazni va tola chiqimi yuqori bshhlgan T-14-16/18, T-85-86/18 yangi tizmalari yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/020-2279-son ma’lumotnomasi). Natijada qimmatli xo‘jalik belgilari majmuiga ega bo‘lgan yangi tizmalar seleksiya jarayonlarida foydalanish uchun boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etilgan;
bekkross duragaylash asosida yuqori mahsuldor, tezpishar, vertisillyoz viltga bardoshli, tola chiqimi yuqori, hosil berish sur’ati yuqori bo‘lgan ToshDAU-130 yangi g‘o‘za navi yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 sentyabrdagi 02/020-2279-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu nav Toshkent viloyati Yuqori-Chirchiq nav sinash uchastkasiga navdorligini baholash uchun qabul qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish