Jangabaeva Aygul Sarsenbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuproq sho‘rlanishi sharoitida topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligining etishtirish texnologiyasini takomillashtirish», 06.01.08–O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Qx290.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Ravza Fazletdinovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Amanova Maxfurat Eshmirzaevna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuproq sho‘rlanishi sharoitida topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligini etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish va ularni ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘istonning sho‘rlangan tuproqlari sharoitida topinamburning «Fayz-Baraka» va «Mo‘jiza» navlarini ekishning turli xil muddatlari, ekish sxemasi, tuganak vazni va ekish chuqurligida o‘sishi, rivojlanishi, hosildorligi o‘rganilgan va navlar orasidagi farqlar aniqlangan;
ertaki muddatda (5 aprel`) ekilgan topinambur ikkita navining o‘simliklaridagi poyalar soni, uning o‘sish sur’atlari, tuganaklarning soni, vazni kechki muddatlarga (25 aprel` – 5 may) nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan;
topinamburning «Fayz-Baraka» va «Mo‘jiza» navlarini ekishda qator orasi 70 sm va qatordagi o‘simliklar orasi 40 sm, gektariga 35500 tup o‘simlik qalinligida joylashtirish natijasida hosildorlikning oshishi aniqlangan;
urug‘lik tuganaklarning vazni (40-60 g), ya’ni yirikligining ortishi o‘rganilgan ikkala topinambur navida ham o‘simlik tupida tuganaklar sonining va ularni hosilining oshishiga ijobiy ta’siri aniqlangan;
maqbul ekish chuqurligi 9–10 sm bo‘lib, ekish chuqurligining sayoz yoki chuqur ekilishi o‘suv davriga, hosildorlikka va tovarbop mahsulotlarning ulushiga salbiy ta’sir ko‘rsatganligi aniqlangan;
sho‘rlangan tuproq sharoitlarida etishtirilgan topinambur “Fayz-Baraka” va “Mo‘jiza” navlari tuganaklarining tarkibida biokimyoviy moddalar aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tuproq sho‘rlanishi sharoitida topinambur (Helianthus tuberosus L.) o‘simligini etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
topinambur etishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha “Qaraqalpaqstan Respublikasi aymaqlarinda tominambur өsimliginiң bioekologiyasi boyinsha usinislar” mavzusidagi tavsiyanoma tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 martdagi 01/06-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida topinamburning takomillashtirilgan agrotexnologiyasini qo‘llash orqali yuqori va sifatli mahsulot etishtirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadqiqotlar bo‘yicha eng samarali bo‘lgan ekish va etishtirish texnologiyasi Kegeyli tumanining “Abbaz-qipshaq” fermer xo‘jaligida 10 ga, “Amirbek kegeylishi” fermer xo‘jaligida 20 ga maydonga, Taxtako‘pir tumanining “Kendebay-sharo‘a” fermer xo‘jaligida 23 ga maydonga jami 53 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 martdagi 01/06-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada qulay ekish muddati, ekish sxemasi, ekish chuqurligida parvarishlangani hisobiga sof foyda “Fayz-Baraka” navidan 10612,6 ming so‘m, “Mo‘jiza” navidan 104591,1 ming so‘mni tashkil etgan;
topinambur etishtirishning maqbul texnologiyasi Xo‘jayli tumanining “Sabirata” fermer xo‘jaligida 7 ga, “Sadiq sharo‘a” fermer xo‘jaligida 17 ga jami 24 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 23 martdagi 01/06-1839-son ma’lumotnomasi). Natijada vazni 40-60 g. dan kam bo‘lmagan urug‘lik tuganaklarni aprel` oyi boshlarida (5 aprel`) 70x40 sm sxemada gektariga o‘rtacha 35500 tup o‘simlik joylashtirish orqali tuganaklarni tuproq yuzasidan 9–10 sm chuqurlikda ekib hosildorlik “Fayz-baraka” navida 2,7 kg\m2 va “Mo‘jiza” navida 2,8 kg\m2 ni tashkil etgan.