Mallaev Maxsud Muxamadievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Me’da MALT-limfomasi diagnostikasi va davolash taktikasini tanlashning zamonaviy jixatlari», 14.00.15–Patologik anatomiya va 14.00.14-Onkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib418.
Ilmiy rahbarlar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Yusupbekov Abrorbek Axmedjanovich, tibbiyot fanlari doktori
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Isroilov Rajjaboy, tibbiyot fanlari doktori, professor; Po‘latov Doniyor Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: mukoza assotsirlangan limfoid to‘qma limfomasining tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
me’da MALT limfomasining instrumental va sitogenetik usullarni qo‘llagan holda H.Pylori antibiotiklar sezgirligini baholash va adekvat tashxislash tizimi asoslangan;
me’da MALT limfomasining hujayraviy subtiplarini mayda, oraliq va aralash hujayrali tiplarning salbiy ko‘rsatkichlarni baholashning prognostik ahamiyati ochib berilgan;
klinik va instrumental tekshiruv natijalarini taqqoslama tahliliga asoslangan holda me’da MALT limfomasini tashxislashda yagona tizim va klinik- tashxislash tadqiqotlari majmuasini ishlab chiqilgan;
MALT limfomani davolashda hujayraviy subtiplarni inobatga olgan holda adekvat davolash tizimi va me’da MALT limfomasini bashoratlashni turli omillarni hisobga olgan holda tashxisot tizimini ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Me’da MALT limfomasini tashxislashda va davo taktikasini tanlashda zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Me’da MALT limfomasini tashxislashda va davolashning zamonaviy usullari» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 04 dekabrdagi 8n-d/259-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma me’daning MALT limfomasini tashxislash va zamonaviy davolash taktikasini tanlash orqali kasalliklarni erta aniqlash va bemorlarning hayot sifatini oshirish imkonini bergan;
me’da MALT limfomasini tashxislashda va davo taktikasini tanlashda zamonaviy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Toshkent shahar va Jizzax viloyati filiallarning klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 8n-z/231-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi me’da MALT limfomasini tashxisotida immnogistokimyoviy usulda SD reseptorlari baholangan, shuningdek, kasallikni target davolash tizimini qo‘llash tartibini ko‘rsatish orqali, bakteriologik usullarining axamiyati yuqoriligi, ya’ni, EBVning LMP-1 oqsili PZR usulida viruslarga qarshi davolash tartibini ishlab chiqish va antibiotiklarga sezgirgini baholash orqali standart davolash tartibining samarasizligini izohlash hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.