Ochildiev O‘tkir Ollanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Uzumni urug‘siz yirik g‘ujumli navlari yuklamasi va o‘g‘itlash me’yorini hosil sifatiga ta’siri», 06.01.07–Mevachilik va uzumchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx181.
Ilmiy rahbar: Fayziev Jamoliddin Nasirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Kayimov Abduxalil Kayimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mirzoxidov Baxtiyor Djalilovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uzumning urug‘siz yirik g‘ujumli istiqbolli navlari hosidorligi va sifatini oshirish uchun eng maqbul tok tupi yuklamasi va mineral o‘g‘itlash me’yorini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yirik g‘ujumli istiqbolli uzum urug‘siz navlarining agrobiologik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishida tup yuklamasining roli asoslangan;
uzumning urug‘siz yirik g‘ujumli navlari hosildorligi va sifat ko‘rsatkichlarini kurtak yuklamasiga korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
mineral o‘g‘itlar me’yorining uzum urug‘siz yirik g‘ujumli navlarining o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri isbotlangan;
yirik g‘ujumli uzumning urug‘siz navlari hosildorligini oshiruvchi, uzum boshining mexanik xususiyatlari va g‘ujum sharbatining kimyoviy tarkibini yaxshilovchi mineral o‘g‘itlar berishning maqbul me’yori aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Uzumning urug‘siz yirik g‘ujumli navlarining tok tupi yuklamasi va mineral o‘g‘itlarning eng maqbul me’yorlarini aniqlash bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari uchun «Toshkent viloyati sharoitida tokzorlardan yuqori hosil olishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyanoma» hamda «Xatirchi tumani sharoitida tokzorlardan yuqori hosil olishda amalga oshiriladigan agrotexnik tadbirlar bo‘yicha tavsiyanoma» ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 03/030-115-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalar fermer xo‘jaliklari tokzorlarida yuqori va sifatli hosil etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilgan;
uzumning urug‘siz yirik g‘ujumli navlari yuklamasining hosil sifatiga ta’siri ishlanmasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi «Mumto-Mahal Sunnatullo» fermer xo‘jaligida 1,8 gektar, «Nazarboy Mamatqulov uzumzori» fermer xo‘jaligida 2,9 gektar, Toshkent viloyati Parkent tumanidagi «Xisorak Xasan-Xusan» fermer xo‘jaligida 4,9 gektar, jami 9,6 gektardan ortiq maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 03/030-115-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy 100 kurtak yuklamasi 120 kurtakkacha oshirilganda urug‘siz yirik g‘ujumli navlardan 34,3–40,5 sentnergacha qo‘shimcha hosil olinib, iqtisodiy samaradorlik o‘rtacha gektariga 12 mln. so‘mga ortgan;
uzumning urug‘siz yirik g‘ujumli navlarini o‘g‘itlash me’yorining hosildorlik va hosil sifatiga ta’siri ishlanmasi Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani Bobur qishlog‘i “Nazarboy Mamatqulov uzumzori” fermer xo‘jaligida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 3 oktyabrdagi 03/030-115-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida an’anaviy N120P90K30 o‘g‘itlash me’yori N160 P120 K40 me’yorgacha oshirilganda hosildorlik gektariga 228,7 sentnerdan 265,5 sentnergacha oshgan. Bunda ishlanma asosida olingan 36,8 sentner qo‘shimcha hosil hisobiga iqtisodiy samaradorlik gektaridan 11 mln. 40 ming so‘mga ortgan.