Yarieva Oynisa Oltinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda tish kariesini erta tashxislash, davolashni klinik asoslash va profilaktikasi», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD.Tib/406.
Ilmiy rahbar: Gafforov Sunnatullo Amrulloevich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.31.10.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Avramova Ol`ga Georgeevna, tibbiyot fanlari doktori., professor (Rossiya Federatsiyasi), Shukurova Umida Abdurasulovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogova nomidagi Rossiya milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda va maktab o‘quvchilari orasida tish kariesini erta tashxislash, davolash va oldini olishni samaradorligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim va maktab yoshidagi bolalar orasida tish kariesi shakllanishi yoshiga nisbatan tarqalishining xavf omillari aniqlangan;
bolalarda tish kariesining oldini olish va rivojlanishida hayot sifatining asosiy parametrlari, oilaviy muhit darajasi, og‘iz bo‘shlig‘i ruhiy va emotsianal holatiga bog‘liqligi isbotlangan;
ilk marotoba oilaviy barqarorlikning tish kariesi va stomatologik muammolarning rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan;
bolalar orasida tish kariesida og‘iz bo‘shlig‘ining gigienik holati va so‘laklarining rN muhiti, tish qattiq to‘qimasining rezistentligini aniqlash yordamida baholash tizimi asoslangan;
bolalarda og‘iz bo‘shlig‘ining klinik-funksional holatining asosida individual omillar asosida tizimli hayot tarziga ta’sirini oldini olishni bashoratlash tizimi ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bolalarda tish kariesini erta tashxislash, davolashni klinik asoslash va profilaktikasi bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
«Maktabgacha ta’lim yoshidagi va maktab o‘quvchilari orasida tish karies rivojlanishini bashoratlash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-r/396-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktabgacha ta’lim yoshidagi va maktab o‘quvchilari orasida tish kariesi rivojlanishini bashoratlash va kasallikni oldini olish va tarqalishini kamaytirish imkonini bergan;
«Turli yosh guruhlaridagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini qiyosiy baholash» uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-r/397-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli yosh guruhlaridagi bolalarda og‘iz bo‘shlig‘i holatini qiyosiy baholash, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari va ularning asoratlarni oldini olish, davolashga zamonaviy yondoshuvni bashoratlash va kasalliklarni tarqalishini kamaytirish imkonini bergan;
Bolalarda tish kariesini erta tashxislash, davolashni klinik asoslash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati Buxoro tumani markaziy tibbiyot birlashmasi, Romitan tumani tibbiyot birlashmasi stomatologik poliklinikasi, G‘ijduvon tumani stomatologik poliklinikasi va Kogon shahar stomatologik poliklinikasi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 8 oktyabrdagi 8n-d/216-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi maktabgacha ta’lim yoshidagi va maktab o‘quvchilari orasida tish kariesi rivojlanishini bashoratlash va kasallikni oldini olishni bashoratlash orqali tish kariesining tarqalishini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish