Urazalieva Il`mira Ravkatovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ambulator-poliklinika muasassalari patronaj tibbiyot hamshiralarining kasbiy va tashkiliy faoliyat turlarini ilmiy asoslash», 14.00.23–Hamshiralik ishini tashkil etish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib578.
Ilmiy rahbar: Mamatqulov Baxromjon, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasanomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Narmuxamedova Nazira Azizovna, tibbiyot fanlari doktori, Salixodjaeva Rixsixon Kamilovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qozon davlat tibbiyot instituti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘ini sharoitida patronaj tibbiyot hamshiralar faoliyatini kompleks o‘rganish va ularning ish sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy asoslangan chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor birlamchi tibiy-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalarida ishlovchi patronaj tibbiyot hamshiralarining yoshi va ish stajining oshib borishi bilan kasalliklar strukturasi va chastotasining o‘zgarishi aniqlangan;
patronaj tibbiyot hamshiralarda kasalliklarning kelib chiqishida: ijtimoiy holati, uy va mehnat sharoiti, oiladagi va jamoadagi ruxiy holat, ovqatlanish xarakteri, o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabati va jismoniy faollik yetakchi xavf omillar ekanligi isbotlangan;
kasalliklarni kamaytirish, barvaqt aniqlash, dispanser nazoratiga olish, individual va guruhli chora-tadbirlar ishlab chiqish, ijtimoiy-gigienik omillarning rolini integral baholash imkonini beruvchi prognostik jadval ishlab chiqilgan;
patronaj hamshiralar kasbiy kompetentligiga salbiy ta’sir etuvchi omillar: ish yuklamasining va ish yuritishda to‘ldiriladigan birlamchi tibbiy xujjatlarning ko‘pligi, ish haqining va mativatsiyaning kamligi va boshqalar aniqlangan; 
ilk bor patronaj hamshiralarning ish sifati, tibbiy-patronaj xizmatidan aholining qoniqish darajasi aniqlangan.
IV. Tadqiqotnatijalarining joriy qilinishi.
Patronaj tibbiyot hamshiralarninng ambulator-poliklinika muassasalaridagi kasbiy va tashkiliy faoliyat turlarini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan ishining natijalari asosida: 
«Tibbiyot xodimlarining kasalanish ko‘rsatkichlari istiqbolini belgilash» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-d/260-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu uslubiy tavsiyanoma patronaj tibbiyot hamshiralar salomatligini yaxshilash, hayot sifatini oshirish, kasalliklarni erta aniqlash, shaxs va guruhlarda differensiyalashgan profilaktik tadbirlarni o‘tkazish imkonini bergan; 
«Rol` patronajnoy medisinskoy sestri semeynoy polikliniki v formirovanii zdorovogo obraza jizni i profilaktiki xronicheskix neinfeksionnix zabolevaniy» (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabrdagi 8n-d/260-son ma’lumotnomasi) nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Ushbu tavsiyanoma, patronaj hamshiralar faoliyatini takomilashtirish, optimallashtirish, ishning sifati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
 tadqiqot natijalari, patronaj hamshiralarning tashkiliy, kasbiy faoliyat turlarini yaxshilash bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyanomalar Respublikamiz sog‘liqni saqlash tizimi amaliyotiga jumladan, Toshkent shahridagi Uchtepa, Chilonzor va Yunusobod tumanlari tibbiyot birlashmalari oilaviy poliklinikalarida joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 dekabrdagi 8n-z/232-son, ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inida patronaj hamshiralarning ish faoliyatini takomillashtirish, optimallashtirish, ish sifatini va samaradorligini oshirish, ularning kasallanishlarini kamaytirish, salomatligini va hayot sifatini yaxshilash, ish vaqtidan oqilona va samarali foydalanish, aholining tibbiy-patronaj xizmatidan qoniqish darajasini oshirish imkonini berdi. Natijada ish vaqtidan foydalanish samaradorligi ular ko‘rsatayotgan tibbiy xizmatdan aholining qoniqish darajasi 27,0% ga yaxshilandi, uydagi tibbiy-ijtimoiy patronaj sifati 35,0% ga oshdi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi 21,0% ga o‘sdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish