Sharopov Sanjar G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori lab va tanglay tug‘ma yoriqlarining shakllanishida immunologik va molekulyar genetik omillar”, 14.00.36–Allergologiya va immunologiya, 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib802.
Ilmiy rahbarlar: Musaxodjaeva Diloram Abdullaevna, biologiya fanlari doktori., professor., Inoyatov Amrillo Shodievich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.31.10.2019.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Suyarov Akram Amirqulovich, tibbiyot fanlari doktori, Mamedov Adil` Askerovich, tibbiyot fanlari doktori., professor.
Yetakchi tashkilot: Kuban davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Lab va tanglay tug‘ma yoriqlari shakllanishida immunologik va molekulyar-genetik omillarning o‘rnini baholashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lab va tanglay tug‘ma yoriqlari mavjud bemorlar onalarida ahamiyatga ega bo‘lgan gaplotiplar allel polimorfizmining o‘zgaruvchanlik darajasi va folat sikli genlar mRNK ekspressiyasining xususiyatlari asoslangan;
folat sikli genlari tarqalishi lab va tanglay tug‘ma yoriqlarida allellar va gaplotipik assotsiatsiyalar paydo bo‘lishi darajalarining o‘ziga xosligi isbotlangan;
bolalarda lab va tanglay tug‘ma yoriqlarida immun javob mediatorlarining (IL-18) oldindan baholovchi qiymati isbotlangan;
lab va tanglay tug‘ma yorig‘i shakllanishida aniqlangan eng muhim omillarga asoslanib, yuqori lab va tanglay tug‘ma yorig‘i kelib chiqishni oldini olish va davolashni tartibi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori lab va tanglay tug‘ma yoriqlarining shakllanishida immunologik va molekulyar-genetik omillar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Tug‘ma yuqori lab va tanglay yoriqlari rivojlanishida sitokinlar darajasini aniqlashning diagnostik qiymati» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma tug‘ma yuqori lab va tanglay yoriqlari rivojlanishida sitokinlar darajasini baholashda tashhisot qiymati immunologik omillarning ta’siri, jarrohlikdan keyingi immun javob darajasi hamda kasallikning asoratlarini oldindan tashhislash va ikkilamchi asoratlarning oldini olishni ishlab chiqish imkonini bergan;
«Turli xil omillar nuqtai nazaridan tug‘ma lab va tanglay yoriqlari bashoratlashni integral baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 iyundagi 8n-d/129-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli xil omillar nuqtai nazaridan tug‘ma lab va tanglay yoriqlarini bashoratlashning integral baholash usuli yordamida bemorlarda jarrohlik amaliyotini olib borishda ta’sir qiluvchi omillarni inobatga olish va asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
yuqori lab va tanglay tug‘ma yoriqlarining shakllanishida immunologik va molekulyar-genetik omillarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Buxoro viloyati skrining markazining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 06 dekabrdagi 8n-z/220-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bolalar orasida nogironlikning erta oldini olish, davolash samaradorligini oshirish, lab va tanglay tug‘ma yoriqlari bo‘lgan bolalar tug‘ilishi darajasini kamaytirish va uranoplastika jarrohlik amaliyoti o‘tkazilganda shifoxonada bo‘lish vaqtini 22% ga, xeyloplastika jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgandan keyin esa 29% ga kamaytirish imkonini bergan.