Nurova Shohsanam Norpo‘lotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashxislash, profilaktikasi va davolashga majmuaviy yondashuv», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4. PhD /Tib435.
Ilmiy rahbar: G‘afforov Sunnatullo Amrullaevich, tibbiyot fanlari doktori.,professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro Davlat tibbiyot instituti, PhD.31.10.2019.Tib.93.01
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandrovna tibbiyot fanlari doktori, professor., Murtazaev Saidmurodxon Saidialoevich tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashxislash, davolash va oldini olish tartibini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktab yoshidagi o‘quvchilarda yuz – jag‘ anomaliyalari holatini tizimli baholashda, tish–jag‘ anomaliyalari tarqalishi, surunkali tonzillit va surunkali bronxit patologiyasida, tish – jag‘ anomaliyalarining uchrashi va tashxislashda antropometrik, telerentgenologik, sefalometrik ko‘rsatkichlarning afzalligi isbotlangan;
surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan xastalangan maktab yoshidagi bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalarini rivojlanishi va shakllanishida suyaklar tarkibiy o‘zgarishlari, mayda suyaklar shakllanishidagi fiziologik regulyasiyasini, tish qattiq to‘qimalari mineralizatsiya jarayoninini buzilishi, parodont to‘qimasi patologiyasi, tizimli kariesning rivojlanishi, maxalliy to‘qimalarda to‘qimalar gipoksiyasi, lipidlar perekis oksidlanishi, proteaza faolligi va og‘iz suyuqligida gormonal holat disfunksiyasidagi salbiy jarayonlarning yetakchi omil ekanligi isbotlangan;
surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan maktab yoshidagi bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalarini davolashda maxalliy an’anaviy va kompleks davolanish usullariga qo‘shimcha ravishda antioksidant, antigipoksant va immunitetni oshiruvchi dori vositalarini qo‘llashning ahamiyatliligi isbotlangan;
bolalarda tishlov va tish qatori anomaliyalari etiopatogenezida klinik, immunologik va biokimyoviy ko‘rsatkichlar natijasidagi o‘zaro bog‘liqlik omillari, somatik kasalliklar bilan birgalikda tish – jag‘ tizimi anomaliyalariga sababchi to‘qima shikastlanishini inobatga olgan davolash profilaktik va patologiya xavfini bashoratlovchi tizimli tartib ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashxislash, profilaktikasi va davolashga majmuaviy yondashish bo‘yicha olib borilgan ilmiy natijalar asosida:
«Nafas yo‘li kasalliklari asoratidan kelib chiqadigan tish-jag‘ qatorlar nuqsonlari va endogen intoksikatsiyada patologik holatlarni tashxislash» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 8n-d/384-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nafas yo‘li kasalliklari asorati natijasida yuzaga keladigan tish-jag‘ qatorlar nuqsonlari erta tashxislash, ortondotik davolash tizimi tadbiq qilish imkonini bergan;
«Tish-jag‘ qatorlarning ikkilamchi shakl buzilishlarida surunkali tonzillit va ularning kechishini oldindan baholash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 26 sentyabrdagi 8n-d/383-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma maktab o‘quvchilari orasida tish-jag‘ qatorlarning ikkilamchi shakl buzilishlarida surunkali tonzillit va ularning kechishini oldindan baholash algoritmi ishlab chiqish va tish qatorlari va tishlov nuqsonlarini oldini olish tartibini kompleks yondoshiuvini tadbiq qilish imkonini bergan;
Surunkali tonzillit va surunkali bronxit bilan kasallangan bolalarda tish-jag‘ anomaliyalarini tashxislash, profilaktikasi va davolashga majmuaviy yondashish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati G‘ijduvon, Olot, Vobkent, Peshku tumanlari tibbiyot birlashmalarning stomatologik poliklinikalari amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 8n-z/215-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi maktab o‘quvchilari orasida nafas yo‘li kasalliklari asoratidan kelib chiqadigan tish-jag‘ qatorlar nuqsonlari va endogen intoksikatsiyada patologik holatlarni tashxislash kasallik rivojlanishini, bashoratlash va kasallikni oldini olish orqali tish qatorlari va tishlov nuqsonlari kamaytirish imkonini bergan.