Cattarov Timur Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘krak bezi saratoni bilan og‘rigan bemorlarning psixologik xususiyatlari va psixoterapevtik yordamni takomillashtirish», 19.00.04–Tibbiy va maxsus psixologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib591.
Ilmiy rahbar: Ibodullaev Zarifboy Radjabovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi, DSc.30.05.2018.Tib.69.01.
Rasmiy opponentlar: Alimov Ulugbek Xudoyarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Golib Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sut bezi saratoni bilan kasallangan ayollarning psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda psixoterapevtik usullarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sut bezi saratoni bilan kasallangan ayollarning shaxsiy xususiyatlari, ruhiy holati hamda stressni engish xulq-atvorning o‘zaro uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
sut bezi saratoni bilan kasallangan ayollarda klinik belgilardan davolash bosqichida, shaxs xususiyatlari va o‘tkazgan stress bilan bog‘liq holda vahima-depressiv buzilishlar ustunlik qilishi aniqlangan;
kasallik bilan bog‘liq bo‘lgan intensiv affektiv kechinmalar ayollarning ijtimoiy holatiga bog‘liqligi aniqlangan.
qiyin hayotiy vaziyatlar bilan engish strategiyalari, xastalik vaziyati bilan spesifik kognitiv strategiyalari va resurslarning xususiyatlari ochib berilgan; 
sut bezi saratoni bilan kasallangan ayollarning davolash choralari majmuasiga psixoterapevtik tadbirlarning kiritilishi jarrohlik davolashning samaradorligiga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarning psixologik xususiyatlari va ularga psixoterapevtik yordamni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Onkologik bemorlarda koping-strategiyalarni aniqlash so‘rovnomasi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 dekabrdagi 8n-d/270-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma noxush psixologik holat rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan shaxslarni aniqlash samaradorligini takomillashtirish imkonini bergan;
ko‘krak bezi saratoni bilan kasallangan bemorlarning psixologik xususiyatlari va ularga psixoterapevtik yordamni takomillashtirish sifatini yaxshilashning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahri va Buxoro viloyati filiallari faoliyatiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 25 maydagi 8n-z/81-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi fertil yoshidagi ayollar orasida sut bezi saratonining oldini olish, kasallikni va bemorlarda kasallikning tahlika omillarini bartaraf etishda psixologik muhitini yaxshilashda koping-strategiyasini aniqlash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish