Radjabova Zulola Abduxakimovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gerpesvirus infeksiyali homilador ayollarda tug‘ruq uslubini tanlashni patogenetik asoslash (Klinik-morfologik tadqiqot)”, 14.00.01 –Akusherlik va ginekologiya
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib11.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.F.29.01. raqamli Ilmiy kengash
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar:
Babadjanova Guljaxon Sattarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Respublika  ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kliniko-morfologik tadqiqotlar asosida perinatal asoratlarni kamaytirish maqsadida gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollarda tug‘ruq usullarini tanlashni patogenetik asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
retrospektiv tahlil asosida gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollarda asoratlar uchrash ko‘rsatkichi, tabiati va perinatal yakunlar aniqlangan.
biokimyoviy testlar bilan birgalikda uskunaviy diagnostika ma’lumotlariga asoslangan xolda gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollarda ona va homila uchun asoratlarni oldindan bashorat qilishning qulay mezonlari aniqlangan.
gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollar yo‘ldoshining to‘liq gistomorfologik tavsifi taqdim etildi, gerpes virusining tez-tez qaytalanishi yo‘ldoshning metobolik funksiyasi va uning etishmovchiligidagi roli isbotlangan.
homila ahvolini va fetoplatsentar kompleks  holatini xar tamonlama baxolash, tug‘ruq usulini to‘g‘ri tanlash uchun algoritmi ishlab chiqildi, bu algoritmni qo‘llash natijasida gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollarda homiladorlik, tug‘ruq, tug‘ruqdan keyingi davrda perinatal asoratlar uchrash ko‘rsatkichini pasayishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Olingan ilmiy natijalar asosida gerpes virusi bilan zararlangan homilador ayollarda tashxislash va tug‘ruqni yuritish taktikasining zamonaviy mezonlari bo‘yicha: 
“Gerpesvirus infeksiyasi bo‘lgan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni yuritishga zamonaviy yondashuv” va "Gerpetik infeksiya: davolash usullarini optimallashtirish" uslubiy qo‘llanmalari bosib chiqarildi va joriy etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 30.03.2016 yil maydagi 8n-r/41-son va  30.03.2016 yil maydagi 8n-r/40-son ma’lumotnomasi). Bu uslubiy qo‘llanmalar gerpesvirusi bilan zararlangan ayollarni homiladorlik davrida olib borish, tug‘ruq yakunlari va tug‘dirish usulini tanlashda yuqori tibbiy va ijtimoiy samaraga erishilgan;
Gerpesvirusi bilan zararlangan homilador ayollarda homiladorlik va tug‘ruqni yuritish, tug‘ruq usulini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritmining qo‘llash orqali olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etildi, jumladan, “Toshkent shahar tibbiy maslahat-tashxis markazi” Davlat unitar korxonasi va Samarqand shahri 4-son oilaviy poliklinikasi klinik amaliyotiga joriy etildi. Respublika Perinatal markazi va Fargona perinatal markazi klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 13 fevraldagi 8n-d/36-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi perinatal asoratlar ko‘rsatkichini pasaytirgan va davolanish muddatini ikki karra qiskartirish bilan davolash xarajatlarini kamaytirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish