Sattorov Anvar Ergashovichning
falsafa doktori (PhD) disertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarida kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslari va texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosoligi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped370.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mardonov Shukrullo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, PhD.28.03.2019.Ped.82.01.
Rasmiy opponentlar: Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Meliev Hamidulla Abdullaevich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarida pedagogik madaniyatni shakllantirishning ilmiy-pedagogik asoslari, shart-sharoitlari va texnologiyalarini takomillashtirish hamda ulardan oliy ta’lim amaliyotida foydalanishga doir tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda kasbiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlari va omillarini kasbiy ehtiyojlarga mos ravishda pedagogik refleksiyaga (o‘z-o‘zini anglash, idrok qilish, baholash, boshqarish) ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy madaniyat, pedagogik muloqotini shakllantirishda o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlarini, pedagogik muloqot topshiriqlarini loyihalash, pedagogik muloqot materiallari bilan ishlashning interfaol usullari (interfaol diktant, virtual sayohat, aqliy hujum)ni loyihalash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda kasbiy madaniyatni shakllantirish texnologiyasi hamda “Sport etikasi va estetikasi” mavzusidagi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning metodik ta’minotini optimallashtirish orqali talabalarning kasbiy kompetentligining rivojlanish darajasini baholash mezonlari va ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy madaniyatni tarkib toptirishning ko‘p tarmoqli qadriyatlar tizimi, shaxslararo munosabat va kasbiy-shaxsiy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga doir interfaol usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi.
Bo‘lajak jismoniy madaniyat o‘qituvchilarda kasbiy madaniyat, pedagogik muloqot kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda pedagogik muloqot kompetentligini takomillashtirishning pedagogik-psixologik xususiyatlar va omillari aniqlashga doir taklif va tavsiyalar “Sport etikasi va estetikasi” mavzusidagi auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning maxsus dasturi materiallari jismoniy madaniyat bakalavriyat ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejalari va dasturlariga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 martdagi 89-03-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy tayyorgarligiga qo‘yiladigan malaka talablari pedagogik muloqot kompetensiyalar tizimi asosida boyitilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik muloqot kompetenetligini takomillashtirish bo‘yicha o‘quv materiallarini tizimlashtirishning didaktik parametrlari pedagogik muloqot tavsifidagi topshiriqlarni loyihalash, pedagogik muloqot materiallari bilan ishlashning interfaol usullarini takomillashtirishga doir takliflardan PZ-2017-0927124 raqamli “Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish” (2018-2020 yy.) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 martdagi 89-03-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarda pedagogik muloqot kompetentligini rivojlantirishning texnologik komponentlari mazmuni va tashkiliy-metodik asoslari takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy madaniyatni tarkib toptirishning ko‘p tarmoqli qadriyatlar tizimi, shaxslararo munosabat va kasbiy-shaxsiy rivojlanishdagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi ijtimoiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga doir takliflar “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi (Jismoniy tarbiya tarixi)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 28 martdagi 89-03-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalari kasbiy muloqot kompetentligining takomillashishiga xizmat qilgan.