Rasulov Hamidulla Abdullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paraartikulyar tuzilmalarning shakllanishi va gipotireoz ta’siridagi o‘zgarishlarining morfofunksional tavsifi (Eksperimental-morfologik tadqiqot)», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib188.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Isroilov Rajabboy Isroilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: postnatal ontogenezning erta davrlarida paraartikulyar tuzilmalarning shakllanishini o‘rganish hamda tireoid omil susayishining suyak-yumshoq to‘qima kompleksi tashkil topishiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba gipotireoz chaqirilgan ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarda oyoq paraartikulyar anatomik tuzilmalarining postnatal shakllanishi xususiyatlari kompleks tarzda morfologik tahlil qilingan;
eksperimental gipotireozning o‘sayotgan organizmning mushak payi-apofiz strukturalarining postnatal o‘sishi va shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlangan;
paylarning mukammalligi kollagen va elastinning o‘zaro munosabati, fibrotsitlar sonining kamayishi, shuningdek, endo- va peritenonium hujayralarning differensiatsiyalanishi va funksional buzilishi bilan birga kechganligi, tenotsitlar differensiatsiyalanishining sekinlashishi natijasida tolali komponentlarning o‘sish sur’atini orqada qolishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘lishi isbotlangan; pay-apofiz kompleksi markazini tashkil etuvchi fibroz tog‘ayda aniqlangan analogik o‘zgarishlar apofizlarning yakuniy shakllanishi jadalligining pasayishiga, xondrotsitlar differensiatsiyalanishining buzilishi olib kelishi aniqlangan;
gipotireoid holatida bo‘g‘im yondosh a’zolaridagi struktur-funksional o‘zgarishlar negizida pay va fibroz tuzilmalarda tolalar taqsimotining kollagen tomon siljishi yotganligi aniqlangan;
sog‘lom ona kalamushlardan olingan sog‘lom hamda gipotireoz modeli yaratilgan bola kalamushlarda zich biriktiruvchi to‘qimadan tuzilgan strukturalarning suyak apofizlariga birikish sohalarining postnatal rivojlanishi va shakllanishida o‘ziga xos tafovutlar borligi isbotlangan;
sog‘lom kalamushlar bolalarida gipotireoz chaqirilganda pay-boylam tizimi tolali tuzilmalari postnatal rivojlanishi sur’ati birmuncha tormozlanadi, mukammal pay arxitektonikasi, to‘laqonli pay-fibroz tog‘ay birikmasi va ularning hujayra koloniyalari parametrlarining kamayganligi asoslangan;
gipotireoz ta’sirida kechgan homiladorlikdan tug‘ilgan avlodda postnatal ontogenezning ilk davrlarida paraartikulyar tuzilmalarda displastik morfologik manzaralarning kuzatilishi tranzitor gipotireozning ta’siri sifatida baholanib, unda fibroz tuzilmalarda shakllangan va shakllanmagan biriktiruvchi to‘qima tolali tutamlarining nisbati buzilishi aniqlangan;
gipotireoz chaqirilgan homilador kalamushlarga gormonal status L-tiroksin bilan korreksiyalash, ona kalamush gipotireozining avlodga salbiy ta`siri darajasini sezilarli pasayishiga va avlodlarda paraartikulyar tizim tarkibiy tuzilmalari postnatal rivojlanish va shaklanish jarayonlarining mo‘’tadillashishiga olib kelishi isbotlangan;
THTning rivojlanish nuqsonlari bo‘lgan bolalarda gipotireozning oyoq paraartikulyar tuzilmalarida kuzatiladigan morfologik o‘zgarishlarning yanada chuqurlashishiga sabab bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paraartikulyar tuzilmalarning shakllanishi va gipotireoz ta’siridagi o‘zgarishlarining morfofunksional tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Oyoq sohasining ortopedik deformatsiyalarida gipotireoz ta’sirida rivojlanishining parartrikulyar tuzilmalarini patomorfologik baholash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 8n-r/387-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oyoq sohasining ortopedik deformatsiyalarida qalqonsimon bez funksional faolligining pasayishi ta’siri ostida barcha paraartikulyar tuzilmalar (mushaklar va ularning paylari, mushaklarning apofizlarga birikish joylari fibroz tog‘ayi)ning degenerativ-distrofik o‘zgarishlarning dag‘allashib ketishi va deformatsiyaning yanada kuchayishini aniqlash va boshqa morfologik o‘zgarishlar bilan differensiallash imkonini imkonini bergan;
«Eksperimental gipotireozda suyak-pay kompleksining morfofunksional xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 28 dekabrdagi 8n-r/388-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma eksperimental gipotireoz ta’sirida suyak-pay kompleksining barcha qismlarida (pay, fibroz tog‘ay, suyak usti pardasi, endxondral suyaklanish) negativ morfologik o‘zgarishlar kelib chiqishi hamda bu o‘zgarishlarning suyak deformatsiyasiga olib kelishini fundamental asoslash imkonini bergan;
paraartikulyar tuzilmalarning shakllanishi va gipoterioz ta’siridagi o‘zgarishlarning morfofunksional tavsifi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika patologik anatomik markazi, Qashqadaryo viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 2 martdagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi o‘sayotgan organizmda THT a’zolarining patomorfologik o‘zgarishlarini korreksiyalashda, ulardagi postnatal o‘sish va shakllanish jarayonlarini boshqarishda, morfofunksional buzilishlarning oldini olishda, shuningdek, tizimning nuqsonli rivojlanishlari hamda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan deformatsiyalarni prognozi va profilaktikasida, tashxislash va davolashning samarali usullarini ishlab chiqish hamda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.