Yuldasheva Manzura Akromovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyakni reparativ regeneratsiyasini takomillashtirishda mahalliy va tizimli omillarni mexanizmlarini morfologik baholash», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib739.
Ilmiy rahbar: Raxmatova Mukaddas Xoltaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Noriman Gulyamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suyakni reparativ regeneratsiyasini optimallashtirishda mahalliy va tizimli omillar ta’siri mexanizmlarini morfologik  ko‘rsatkichlari  baholashni  takomillashtirish iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
morfologik, biokimyoviy va gematologik tekshiruvlar majmuasi asosida katta boldir diafizining suyak to‘qimasini nuqsonini tizimli ravishda suyak ko‘migi va periferik qon xujayralari, neytrofillar funksional-metabolik o‘zgarishlariga ta’siri va mexanizmlari asoslangan;
suyak to‘qimasi nuqsoni o‘rnida granulyasion to‘qima dinamik o‘zgarib, tiklanayotganda osteogen, xondrogen va tolali to‘qima rivojlanishi isbotlangan;
singandan suyak fragmentlari tiklanayotganda ularda saqlanib qolgan tuzilmalar kayta shakllanishi isbotlangan;  
«Suksinasol» eritmasini diafizning suyak nuqsonini reparativ regeneratsiyasiga tizimli va mahalliy ta’sir etish mexanizmlari isbotlangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suyakni reparativ regeneratsiyasini takomillashtirishda mahalliy va tizimli omillarni mexanizmlarini morfologik baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Naysimon suyak diafizini nuqsonining reparativ regeneratsiyasini tajribada takomillashtirish usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05497). Ushbu usul suyakni mukammal tiklashga, sezilarli asoratlar va nogironlikni  kamayishga va hayot mazmunini to‘la tiklanishga imkonini bergan;
«Suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiyasini takomillashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 8n-r/426-son ma’lumotnomasi). Mazkur  uslubiy tavsiyanoma suyak to‘qimasini reparativ regeneratsiyasini takomillashtirish imkonini bergan;
suyakni reparativ regeneratsiyasini takomillashtirishda mahalliy va tizimli omillar ta’sirini mexanizmlarini morfologik baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va uning Farg‘ona filiali travmatologiya va ortopediya  bo‘limlarining klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabrdagi 8n-z/217-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi yantar kislota angiogenez, osteoblastlar ixtisoslanish va osteogistogenezga, katta boldir diafizni suyak nuqsonini tiklanishini takomillashtirishga, yallig‘lanish-regeneratsiya jarayoniga tajribada mahalliy va tizimli ta’sir etish patogenetik mexanizmlari asoslash va shuning natijasida suyak nuqsoni sohasida bevosita osteogenezi va tiklanishda,  suyakni mukammal tiklashga, sezilarli asoratlar va nogironlikni kamayishga va  bemorlarning hayot tarzini to‘la tiklanishga imkon bergan

Yangiliklarga obuna bo‘lish