Maxmudov Sherzod Sur’atovichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishni takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt604.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi ishlab chiqarishni bozor o‘zgarishlariga moslashuvchanligini ta’minlash, mavjud moddiy va moliyaviy resurslarning muqobil taqsimotini amalga oshirish, xorijiy investisiyalarni jalb etish va narx siyosatini erkinlashtirish asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini baholash usuli ishlab chiqarish, sotish, investisiya va moliya sohalaridagi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarining salmoq koeffisientlarini integral hisoblash asosida takomillashtirilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlashga va raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan ishchanlik faolligini boshqarishning muvozanatlashgan modeli ishlab chiqilgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishning motivlashtirish mexanizmi har bir xodimning potensial imkoniyatini hisobga olish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishni joriy etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishning takomillashtirilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi "O‘zto‘qimachiliksanoat" uyushmasi korxonalarining boshqaruv faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 22 apreldagi 03/06-1862-son ma’lumotnomasi).  Natijada to‘qimachilik korxonalarida boshqaruv xarajatlari  15% ga kamaygan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini baholashning takomillashtirilgan  usuli  "O‘zto‘qimachiliksanoat"  uyushmasi korxonalari faoliyatini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 22 apreldagi 03/06-1862-son ma’lumotnomasi). Natijada sotishdan olingan yalpi foydaning taqqoslama narxlardagi  o‘sish sur’ati 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 18,75% ni tashkil etgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalari barqaror rivojlanishini ta’minlashga va raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan ishchanlik faolligini boshqarishning muvozanatlashgan modeli "O‘zto‘qimachiliksanoat"  uyushmasi korxonalari faoliyatini boshqarish amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 22 apreldagi 03/06-1862-son ma’luotnomasi). Natijada sotishdan tushgan yalpi daromadning taqqoslama narxlardagi  o‘sish sur’ati 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 14,25% ni tashkil etgan;
to‘qimachilik sanoati korxonalarida ishchanlik faolligini boshqarishning takomillashtirish motivlashtirish mexanizmi "O‘zto‘qimachiliksanoat"  uyushmasi korxonalarida ish faoliyatini tashkil etish va rag‘batlantirish tizimi amaliyotiga joriy etilgan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2019 yil 22 apreldagi 03/06-1862-son ma’lumotnomasi). To‘qimachilik korxonalarida motivlashtirish mexanizmini takomillashtirish natijasida mehnat unumdorligi 2018 yilda 2017 yilga nisbatan 12,60 % ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish