Tuxsanova Nasiba Esanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ingichka ichak morfometrik parametrlarining me’erda va kotoran ta’sirida qiyosiy tavsifi», 14.00.02–Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib838.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Mirsharapov Utkur Mirsharapovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Axmedov Shavkat Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ingichka ichak morfometrik ko‘rsatkichlarining me’yorda va ko‘krak suti orkali o‘tgan kotoran ta’siridagi qiyosiy tavsifini baholashni takomillashtirishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ona suti orqali  urg‘ochi kalamush  bolalariga o‘tgan kotoran ta’sirida ingichka ichak davomida uning to‘rtala devori 2 ta lateral, tutqich va qarama-qarshi tutqich devori va barcha qavatlari qalinligining morfometrik xususiyatlari ilk marta keltirilgan;
postnatal ontogenezning rivojlanish davrlarida ingichka ichakning har bir qavati va devori kotoran ta’sirida turlicha  o‘zgarishlarga olib kelishi asoslangan;
ingichka ichakning kotoran ta’sirida limfoid tuzilmalari va ichak vorsinkalari epitelial qavatining hujayraviy tarkibidagi o‘zgarishlarning yoshga bog‘liq o‘zgarishlari isbotlangan;
eksperimental guruhdagi kalamushlarda katta va o‘rta limfotsitlar sonining ko‘payishi fonida kichik limfotsitlar ulushining kamayishi isbotlangan;
 tajriba guruhidagi kalamushlarning dastlabki muddatlarida 30 kunlikda ingichka ichakning morfometrik ko‘rsatkichlari, 90 kunlikda yoshi kattaroq bo‘lgan kalamushlarga nisbatan ancha sezilarli darajada orqada qolishi kuzatilib, bu kimyoviy omil ta’sirida organizmning kompensator va himoya mexanizmlari ishga tushishi  isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ingichka morfometrik parametrlarning me’yoriy va kotoran ta’siridagi qiyosiy tavsifi baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
«Postnatal ontogenezda ingichka ichakdagi struktur o‘zgarishlarni aniqlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 14 oktyabrdagi 8n-r/412-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma kotoran ta’siri ostida oshqozon-ichak tizimida, balkim butun organizmda kechadigan patologik holatlarni samarali profilaktikasi va davolash tartibini ishlab chiqishga imkon bergan;
Ingichka morfometrik parametrlarning me’yoriy va kotoran ta’siridagi qiyosiy tavsifi samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining toksikologiya bo‘limi va Buxoro viloyati ko‘ptarmoqli bolalar tibbiyot markazining neonatologiya bo‘limi klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi 8n-z/174-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi o‘z vaqtida tashxis qo‘yish, intoksikatsiya jarayonlarining patogenetik mexanizmlarini xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oshqozon ichak trakti kasalliklarni davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqish, ammo xavf guruhida bo‘lgan bemorlarni ajratish, pestisidlar bilan muloqotda bo‘lgan joylarda, kasalliklarning oldini olish bemorlarning hayot sifatini yaxshilash hamda asoratlarni kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish