Djurakulov Shoxrux Davronovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Reklama xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish”, 08.00.05–Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt828.
Ilmiy rahbar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSs.27.06.2017.I.18.01
Rasmiy opponentlar: Adilova Zulfiya Djavdatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida reklama xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
reklama bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini, sohaning rivojlanish yo‘nalishlarini, ulardagi kadrlar salohiyatini, reklama faoliyati xarajatlari va natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlari tasnifini shakllantirish orqali baholash metodikasi ishlab chiqilgan;
reklama kampaniyalari faoliyatini rejalashtirish, tovarlar harakati va iste’molchilarning maqsadli bozorlarini aniqlash, axborotlarni miqdor va sifat jihatdan qayta ishlash, reklama ma’lumotlari mazmuni va shakllarini baholashda qo‘llaniladigan kontent-tahlil usuli asosida reklamani samarali shaklda tashkil etish tizimi takomillashtirilgan;
reklama bozori segmentlarini boshqarish, innovatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni pasaytirish, reklama mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar orqali integral baholash metodikasi takomillashtirilgan;
reklama agentliklari faoliyatining strategiyasini takomillashtirish, reklama bozori ishtirokchilarining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash, reklama faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida reklama xizmatlari samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
reklama bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati samaradorligini, sohaning rivojlanish yo‘nalishlarini, ulardagi kadrlar salohiyatini, reklama faoliyati xarajatlari va natijalarini ifodalovchi ko‘rsatkichlari tasnifini shakllantirish orqali baholash metodikasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Reklama va marketing» bo‘limi faoliyatida reklama xizmatlari rivojlanishining dinamik samaradorligini aniqlash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 yanvardagi 02-16/71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Reklama va marketing» bo‘limi faoliyati rivojlanishining alohida yo‘nalishlari dinamik samaradorligini baholash imkonini bergan;
reklama kampaniyalari faoliyatini rejalashtirish, tovarlar harakati va iste’molchilarning maqsadli bozorlarini aniqlash, axborotlarni miqdor va sifat jihatdan qayta ishlash, reklama ma’lumotlari mazmuni va shakllarini baholashda qo‘llaniladigan kontent-tahlil usuli asosida reklamani samarali shaklda tashkil etish tizimi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Reklama va marketing» bo‘limi faoliyatida reklama kampaniyalarini rejalashtirish jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 yanvardagi 02-16/71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish reklama kampaniyalarini rejalashtirish jarayonini zaruriy axborotlar bilan ta’minlash samaradorligini 1,5 martaga oshirish imkonini bergan;
reklama bozori segmentlarini boshqarish, innovatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq operatsion xarajatlarni pasaytirish, reklama mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar orqali integral baholash metodikasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Reklama va marketing» bo‘limi amaliyotida innovatsion faoliyatni baholash jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 yanvardagi 02-16/71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish reklama bozoridagi raqobatchilar bilan taqqoslash asosida innovatsion faoliyatni boshqarish samaradorligini har tomonlama baholash imkonini bergan;
reklama agentliklari faoliyatining strategiyasini takomillashtirish, reklama bozori ishtirokchilarining innovatsion rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash, reklama faoliyatini amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari samaradorligini baholashga yo‘naltirilgan konsepsiyasi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining «Reklama va marketing» bo‘limi amaliyotida innovatsion faoliyatni baholash jarayonida foydalanish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 9 yanvardagi 02-16/71-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish reklama faoliyatini amalga oshirishning maqsadli dasturlarini hamda reklama agentliklari rivojlanishining raqobat strategiyasini ishlab chiqishda ilmiy asoslanganlik darajasini oshirgan.