Akramova Gulzoda Gayratullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek populyasiyasidagi 2-tur qandli diabetda diabet retinopatiyasi bo‘lgan erkaklarda ACE, VEGF va TGF genlari polimorfizmini aniqlashning klinik ahamiyati», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib20.
Ilmiy rahbar: Akbarov Zoirxuja Sabirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Urmanova Yulduz Maxkamovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Boboev Qodirjon To‘xtaboevich, tibbiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston tibbiyot uzluksiz ta’lim universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘zbek populyasiyasidagi 2-tur QD bo‘lgan diabet retinopatiyali erkaklarda ACE, VEGF, TGF genlari polimorfizmini aniqlashning klinik va axborotli ahamiyatini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba o‘zbek populyasiyasidagi deyarli sog‘lom erkaklarda VEGF va TGF gen polimorfizmining allellari va genotiplarining tarqalish xususiyatlari aniqlangan;
ilk marotaba o‘zbek populyasiyasining 2-tur QD bo‘lgan bemorlarda diabet retinopatiyaning og‘irlik darajasiga bog‘liq ravishda ACE, VEGF va TGF gen polimorfizmining allellari va genotiplarining taqsimlanishi isbotlangan; 
o‘zbek millatiga mansub 2-tur QD bilan kasallangan erkaklarda proliferativ diabet retinopatiya rivojlanishida VEGF-A genining  C634G polimorfizmi ahamiyati aniqlangan;
2-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda proliferativ diabet retinopatiya rivojlanish xavfini erta aniqlashda VEGF genining S  allelyasini tashuvchanligining yuqori axborotli qiymati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Genetik markerlarni hisobga olgan holda 2-tur QD bemorlarda proliferativ retinopatiya uchun xavf omillarini integral baholash bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
«Diabet retinopatiya: tasnifi, tashxisot, davolash va axborotlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘iliqni saqlash vazirligining 2019 yil 17 martdagi 8n-r/49-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqish aholi o‘rtasida genetik tadqiqotlarni qo‘llash orqali 2-tur QD bemorlarda proliferativ diabet retinopatiyaning erta axborotlashni yaxshilash imkonini bergan;
VEGF gen polimorfizmini aniqlashning klinik ahamiyatini o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar Akademik Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya tibbiyot markazining maslahat poliklinikasi, Toshkent viloyatining endokrinologik dispanseri klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘iliqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 8n-z/208-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish sog‘lom kishilar orasida 2-tur QD bilan kasallangan bemorlarda proliferativ diabet retinopatiyani erta axborotlash, asoratlar rivojlanish xavfiga muvofiq ravishda profilaktika chora-tadbirlarini to‘g‘ri tanlash imkonini bergan, bu esa asoratlarning rivojlanish darajasini  kamaytirish, shu bilan birga bemorlarning hayot sifatini yaxshilanish imkonini yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish