Teshaboev Dilmurod Raxmadjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbek tilidagi havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fil1023.
Ilmiy rahbar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Mahmudov Nizomiddin Mamadalievich, filologiya fanlari doktori, professor; Usmonova Huriniso Sharapovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: hozirgi zamon tilshunosligida havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarga oid muammolarni tadqiq etish va ular bilan bog‘liq masalalarning ilmiy talqinini yoritib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarning ko‘rsatish, belgilash, so‘roq olmoshlari, shuningdek, sifat, son turkumiga mansub ayrim so‘zlar yordamida shakllanishi va mazmunan umumga qaratilishi o‘zbek tili materiallari orqali ochib berilgan;
havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarning qo‘shpredikativ va polipredikativ birliklar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi so‘zlashuv, badiiy, ilmiy, rasmiy hamda publisistik uslubga xos nutq birliklari misolida isbotlangan;
havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarning shaklan kesim, ega, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, hol predikativ birlik ko‘rinishida, mazmunan shaxs, narsa, belgi, o‘rin, payt, tarz, daraja-miqdor, natija kabi guruhlarga bo‘linishi asoslangan;
havola bo‘lakli qo‘shpredikativ va polipredikativ birliklarning monopredikativ birliklararo derivatsion xususiyatga ega bo‘lishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbek tilidagi havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar  mavzusidagi tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalarni o‘rganish bo‘yicha olingan natijalardan psixolingvistikaning nazariy masalalari doirasida, nutq birliklari qurilishining psixolingvistik tavsifi, matn yaratilishida havola bo‘laklarning roli va o‘rnini belgilash kabi masalalar echimidan A-1-39 raqamli “O‘zbek amaliy psixolingvistikasini yaratish dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 iyuldagi 89-03-2838-son ma’lumotnomasi). Natijada matn yaratilishida so‘zlovchi va tinglovchining ruhiy holati, o‘zaro muloqotga kirishishda ishtirokchilar shaxs xususiyatlarining yorqin ochib berilishi masalalari ilmiy dalillar bilan boyishiga erishilgan;
o‘zbek tilidagi havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar doirasida ishlab chiqilgan tahlil usullaridan OT-F-1-100 raqamli “Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy-madaniy faoliyatining badiiy-ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi” nomli fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 29 iyuldagi 89-03-2838-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyiha doirasida chop etilgan “Shaxs va qadriyatlar dialektikasi” nomli monografiyani tayyorlashda keng foydalanilgan;
havola bo‘lakli sintaktik konstruksiyalar bo‘yicha olingan natijalap Farg‘ona viloyat telepadiokompaniyacining “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Adabiy muhit”, “Qadriyat” ko‘rsatuvlarida, shuningdek, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” radioeshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekicton Milliy telepadiokompaniyacining 2019 yil 4 iyundagi 12-01/59-con ma’lumotnomaci). Natijada ushbu eshittirishlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni mukammallashgan ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish