Suvanov Zovqiddin Norqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja berilgan fan tarmog‘i nomi): «Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasi», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil538.
Ilmiy rahbar: Karimov Bahodir Nurmetovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti, DSc.27.06.2017.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Doniyarova Shoira Xursanovna, filologiya fanlari doktori, professor; Sattorova Gulnoz Yunusovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasini tashkil qilgan xususiyatlar tizimini ilmiy jihatdan asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
XX asr o‘zbek adabiyotida Tog‘ay Murod yangi tipdagi obrazlar sistemasi, yangicha tasvir va bayon uslubi, yangicha badiiy sintaksis yaratgani dalillangan;
adib obrazlari tabiati, ularning prototipi masalasi, portret yaratish mahorati, nutq individualligi hamda qo‘ng‘irotda surxonlik, surxonlikda o‘zbek obrazini gavdalantirgani badiiy tahlil orqali aniqlangan;
nosir o‘z asarlarida zohiriy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy yuksalish va g‘alabasi badiiy tajassum topganligi asoslab berilgan;
Tog‘ay Murod obrazlarida tragik-komik ifoda, obrazlar statistikasi, obrazlar tasnifi kabi muammolar ochib berilgan;
yozuvchining obrazlari poetikasi XX asr ikkinchi yarmi o‘zbek nasrida yangi hodisa ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tog‘ay Murod nasrida obrazlar poetikasini ilmiy tadqiq etish natijalari asosida:
adib obrazlari tabiati, ularning prototipi masalasi, portret yaratish mahorati, nutq individualligi hamda obraz poetikasiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tasarrufidagi “O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi” davlat ilmiy nashriyotida bajarilgan A-1-107 raqamli “XX asr o‘zbek mumtoz adabiyotshunosligi”, “XX asr o‘zbek fol`klorshunosligi” antologiyalarini nashrga tayyorlash” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2019 yil 18 oktyabrdagi 06-4139-son ma’lumotnomasi). Unda nosirning etnik ruhiyat orqali milliy iroda va fojianing poetik ifodasi, zohiriy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy yuksalish hamda g‘alabasini ko‘rsata olganligi asoslab berilgan;
nasrda obrazlar badiiyati, poetik funksiyasi, statistikasi, obrazlar talqini, ularning ijtimoiy tabiati haqidagi ilmiy-nazariy xulosalardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-118 raqamli “Navoiy obrazining tasvir va talqinlariga oid o‘quv qo‘llanmasini tayyorlash va nashr etish” amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 1 martdagi 89-03-861-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha badiiy obrazning umumnazariy asoslari haqidagi yangi maqolalar bilan boyigan;
Tog‘ay Murod nasrida badiiy obrazning til xususiyati va obraz nutqi haqidagi fikrlardan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan A-1-61 raqamli “Ko‘rish imkoniyati cheklangan talabalar uchun tilshunoslik fanlari bo‘yicha audiokitob ta’minotini yaratish” mavzusidagi amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 17 maydagi 89-03-2055-son ma’lumotnomasi). Natijada nosir o‘z asarlarida zohiriy fojia va mag‘lubiyatda shaxsning ma’naviy yuksalish va g‘alabasi badiiy tajassum topganligi hamda badiiy obrazning til xususiyati va obraz nutqi haqidagi fikrlari mazkur loyihada asosiy manba vazifasini o‘tagan;
o‘zbek adabiyotshunosligi va adabiyot nazariyasida badiiy obraz talqinining ilmiy va metodologik asosini yaratish hamda bugungi o‘zbek adabiyoti badiiy tafakkur taraqqiyotining yaxlit konseptual manzarasini ishlab chiqishda O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi hisobotida foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 30 yanvardagi 01-03-06/94-son ma’lumotnomasi). Tog‘ay Murod obrazlarida tragik-komik ifoda, obrazlar statistikasi, obrazlar tasnifi kabi muammolar tizimli tahlil etilgani ko‘rsatib berilgan;
Tog‘ay Murod ijodi bo‘yicha tadqiqot xulosalaridan “O‘zbekiston” telekanalidagi “Tilga e’tibor”, “Assalom O‘zbekiston” ko‘rsatuvlari ssenariylarini hamda “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK “Ma’daniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar muharririyatining “Adabiy jarayon”, “Bedorlik” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 18 fevraldagi 02-13-367-son,“O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2019 yil 12 martdagi 1-38-son ma’lumotnomalari). Natijada tomoshabinlar Tog‘ay Murod ijodida uchraydigan badiiy obrazlarning talqin va tahliliga doir yangi ma’lumotlar bilan tanishtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish