Oripova Gulnoza Murodilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining g‘oyaviy-estetik va badiiy xususiyatlari», 10.00.02–O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil534.
Ilmiy rahbar: Sabirdinov Akbar G‘afurovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Mirzaeva Salima Rayimjonovna, filologiya fanlari doktori, professor; Hamdamov Ulug‘bek Abduvahobovich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va fol`klori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining g‘oyaviy-estetik hamda badiiy ta’sirchanlik omillarini yoritish, mazmun va shakl borasidagi izlanish bosqichlarini, yangilangan she’riyat manbalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi an’anaviy ifodalarning yangilanish jarayoni uch adabiy avlodga mansub ijodkorlar asarlari asosida tizimlashtirilgan hamda poetik tafakkur taraqqiyoti shoirlarning individual uslubini yoritish orqali ko‘rsatilgan;
lirik qahramon, lirik obraz, lirik voqelik hamda lirik ifodada tuyg‘u-kechinma va fikr uyg‘unligining haqqoniy, ta’sirchan, jonli, hayotiy talqini yoritilgan;
ohangdorlik, musiqiylikni yuzaga keltiruvchi alliteratsiya, tovush takrori kabi evfonik vositalar, tasviriy ifodalar hamda ta’kidning badiiy-estetik funksiyasi asoslab berilgan;
qofiya, vazn, band tizimlarining an’anaviy va qorishiq she’r shaklidagi yangilanishlari, modern she’riyatining g‘oyaviy-estetik ta’sirchanligi grafik shaklda aks etishi dalillangan;
mustaqillik davrida g‘oyaviy-estetik, badiiy xususiyatlar an’anaviy, modern va qorishiq shakllarda namoyon bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining g‘oyaviy-estetik va badiiy xususiyatlari mavzusida olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining g‘oyaviy-estetik ta’sir ko‘lami uch adabiy avlodga mansub ijodkorlar asarlari tahlili misolida tadqiq etilib, mumtoz adabiyot, xalq og‘zaki ijodiga vorislik va izdoshlik samaralari, jahon adabiyoti bilan aloqalar natijalari orqali kengayganligi borasidagi tahlillardan OT–F-1-100 raqamli «Imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy faoliyatining badiiy ijodiyot vositalari asosida nazariy va amaliy takomillashuvi» mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 iyundagi 89-03-2370-son ma’lumotnomasi). Natijada «Zamonaviy barkamol insonni tarbiyalash – davr talabi» nomli ilmiy-ommabop risola nashr ettirilgan va yoshlar kamolotida o‘zbek she’riyatining g‘oyaviy-estetik hamda badiiy ta’sirchanlik omillari misollar yordamida asoslanishiga erishilgan;
tuyg‘u-kechinma va fikr uyg‘unligining lirik qahramon, lirik obraz, lirik voqelik hamda lirik ifodadagi muhim o‘rni xususidagi xulosalardan A-2-175 raqamli «Hozirgi adabiy jarayon. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati taraqqiyotida an’ana va vorisiylik» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 12 avgustdagi 3/1255-2235-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida yangi davr, shakllanayotgan jamiyatdagi insonning o‘rnini aniq ko‘rsatish tamoyillariga erishilgan;
qofiya, vazn, band tizimlarining an’anaviy va qorishiq she’r shaklidagi yangilanishlari, modern she’riyatining g‘oyaviy-estetik ta’sirchanligi grafik shaklda aks etishi kabi dissertatsiya materiallaridan O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi faoliyatida ijodkorlar mahoratini oshirish, yosh iste’dodlarni tarbiyalashda foydalanilgan (O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining 2019 yil 23 iyuldagi 01-03-06/811-son ma’lumotnomasi). Natijada mustaqillik davri o‘zbek she’riyatining badiiy-estetik tafakkur taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini o‘rganish vositasida bu davr adabiyotiga xos jihatlar yoritilgan;
Sirojiddin Sayyid, Abdulla Sher, Eshqobil Shukur kabi ijodkorlar asarlaridagi ohangdorlik, musiqiylikni yuzaga keltiruvchi evfonik vositalar, ifodalar hamda ta’kidning badiiy-estetik funksiyasi asosidagi tahlillardan Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining «Adabiy muhit», «Ma’naviyat sarchashmasi» ko‘rsatuvlari hamda «Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi», «Ziyo maskani», «Buyuklikning ramzisan, Vatan!» nomli eshittirishlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 10 iyundagi 01-12/60-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ko‘rsatuv va eshittirishlar ma’naviy-ma’rifiy hamda badiiy jihatdan boyigan, xalqchilligi ortgan.