Melikova Martaba Numonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarining tarixiy ongi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)”, 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Fal304.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Toxirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjar Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Xakimov Nazar Xakimovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yosh avlod tarixiy ongini ijtimoiy falsafiy jihatdan tadqiq qilish, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish sharoitida mazkur sohaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash hamda mamlakatimiz yoshlarining tarixiy xotirasi va tarixiy ongini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ijtimoiy ongning maxsus ifodasi sifatida shakllangan “tarixiy ong” va “tarixiy xotira” tushunchalarining o‘zgaruvchanlik va ta’sirchanlik singari immanent xususiyatlari bugungi davr xarakteri doirasida asoslab berilgan;
yoshlar tarixiy ongining institusional ishonch va yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyat mo‘ljallari asosida qurilgan polikriteriallik (ko‘p mezonlilik)ning retrospektiv, progressiv va mahalliy identlikka yo‘naltirilgan milliy shakllari aniqlangan;
O‘zbekiston yoshlarining xulq-atvorida tarixiy ong shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, xususiylashtirilgan jarayonga o‘zgaruvchi, yoshlarning ijtimoiy tranzit maqomi bilan o‘zaro bog‘langan sotsiostrukturaviy determinantlar (ijtimoiy muhit ta’siri, tarixga munosabati, yoshlar qiziqishi, tarixiy bilimlar, ideal xulq-atvor) darajasi sotsiometrik so‘rov vositasida aniqlangan;
ijtimoiy bir xilligi, shaxsiy va jamoaviy o‘z taqdirini o‘zi belgilashning korrelyasion o‘zaro aloqadorligiga asoslanuvchi riversiv (ijtimoiy omillar ta’sirida o‘zgaruvchan) xususiyatlarining yoshlar tarixiy ongi shakllanishi tendensiyalariga (vatanparvarlik, milliy g‘urur, tarixga qiziqish, tarixiy voqealarga daxldorlik hissiyoti) konstruktiv (yoshlarni uyushtiruvchi va yo‘naltiruvchi) ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida O‘zbekiston yoshlari tarixiy ongini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar va takliflar asosida:
ijtimoiy ongning maxsus ifodasi sifatida shakllangan tarixiy ong va tarixiy xotira tushunchalarining definisiyalari va immanent xususiyatlariga oid konstruktiv ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining yoshlar masalalari bilan bog‘liq 70 ga yaqin normativ-huquqiy hujjatga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishda va “Yoshlar va qonun” nomli konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019 yil 30 sentyabrdagi 04-13/4476-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning ijtimoiylashuvi, jamiyat ishlariga daxldorlik hissiyoti, aktiv hayotiy pozisiyasi kuchayishiga, yoshlar orasida jinoyatchilik darajasini kamaytirishga xizmat qilgan;
yoshlar tarixiy ongining determinantlar, institusional ishonch va yoshlarning ma’naviy-axloqiy qadriyatlar mo‘ljallari asosida qurilgan polikriterial modeliga doir ilmiy-nazariy g‘oyalar, metodologik taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining “Oila” markazi idoralararo axborot bazasi konsepsiyasini hamda “Huquqbuzarliklar, jinoyatchilik, oiladagi mojaro va zo‘ravonliklar, oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq qilish asosida ularning oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleks dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasining 2019 yil 8 avgustdagi 05/1548-19-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyatda xotin-qizlarning faolligi va tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat boshqaruvida ularning faol ishtirokini ta’minlash; xotin-qizlarning ilmiy izlanishlari, innovatsion va ijodiy qiziqishlarining amaliyotga tatbiq etilishiga ko‘maklashish; xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam ko‘rsatish; xotin-qizlar huquqini himoya qilish sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston yoshlarining xulq atvorida tarixiy ong shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi, xususiylashtirilgan jarayonga o‘zgaruvchi, yoshlarning ijtimoiy tranzit maqomi bilan o‘zaro bog‘langan sotsiostrukturaviy determinantlarini ochib berishga qaratilgan ilmiy xulosa va tavsiyalardan Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashining “Mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va aniqlangan muammolarni hal etish borasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish Konsepsiyasi”ni va “Hududda jinoyatchilikning oldini olish, ularni sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini muhokama qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqishda foydalanilgan (Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashshtirish bo‘yicha Respublika Kengashining 2019 yil 26 iyuldagi 02-03/487-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini oshirish, mahalla institutini aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylantirish, fuqarolar yig‘inlarining mushtarak manfaatlarini ifoda etadigan uyushmaga birlashish huquqlarini ro‘yobga chiqarish hamda yoshlar, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada rivojlantirishda ilmiy-nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
ijtimoiy bir xilligi, shaxsiy va jamoaviy o‘z taqdirini o‘zi belgilashning korrelyasion o‘zaro aloqadorligiga asoslanuvchi riversiv jarayonlar ta’siri ostida O‘zbekiston yoshlarining tarixiy ongi shakllanishi tendensiyalariga doir taklif-tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining “Yoshlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish samaradorligini oshirish, shuningdek, targ‘ibot tadbirlarini muntazam ravishda o‘tkazish maqsadida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot ishlari umummilliy Konsepsiyasi va Kompleks chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida ijtimoiy tarmoqlar, onlayn-guruhlar va madaniy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari bo‘yicha konsepsiya loyihasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 22 oktyabrdagi 01-12-10-5328-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida, yosh avlodda vatanparvarlik hissiyotlarini shakllantirish, ularda o‘z tarixiga nisbatan ehtirom tuyg‘usini uyg‘otish, yosh avlodning tarixiy ongini, madaniy saviyasini o‘stirishga xizmat qilgan.