Matkarimov Zoxidjon Turdalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tirik qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirish», 14.00.34–Yurak-qon tomir xirurgiyasi va 14.00.32–Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib797.
Ilmiy rahbar: Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.49.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Moysyuk Yan Gennadievich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Asamov Ravshan Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Tojikiston Respublikasi “Inson a’zolari va to‘qimalari transplantatsiyasi” milliy tibbiyot tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davolash-diagnostika taktikasi va qon tomir xirurgiyasi texnik jihatlarini optimallashtirish yo‘li bilan qarindosh buyrak transplantatsiyasi natijalarini yaxshilashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Global Observatory on Donation and Transplantation” tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida surunkali buyrak etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda gemodializ va buyrak transplantatsiyasiga bo‘lgan ehtiyoj ko‘rsatkichlari aniqlangan;
buyrakning surunkali etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda qarindosh buyrak transplantatsiyasini o‘tkazishda anastomozni shakllantirishning texnik jihatlarini optimallashtirish yo‘li bilan venoz anastomozni qo‘yish usuli takomillashtirilgan;
qarindosh buyrak transplantatsiyasidan keyingi erta davrning kechishida asosiy laborator ko‘rsatkichlarining normallashishini hisobga olgan holda klinik va biokimyoviy xususiyatlar aniqlangan;
buyrak transplantatsiyasida resipientda  amaliyot bajarish xavfini baholashni EHM dasturi ishlab chiqilgan;
surunkali buyrak etishmovchiligi terminal belgilarining regressi asosiy klinik-biokimyoviy ko‘rsatkichlar bo‘yicha funksional faollikni hisobga olgan holda qarindosh buyrak transplantatsiyasini o‘tkazishga tayyorgarlik va amalga oshirishni optimallashtirish samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tirik qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
"Tirik qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasining taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish" uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-z/218-son ma’lumotnomasi). Tavsiyalarni qo‘llash bemorlarni buyrak transplantatsiyasiga tayyorlash samaradorligini oshirish va xirurgik amaliyotning texnik jihatlarini optimallashtirish imkonini bergan;
"Buyrak transplantatsiyasida resipientning operatsion xavfini baholash uchun dastur" nomli EHM uchun dastur tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-z/218-son ma’lumotnomasi). Kasallik davrida 33 ta og‘irlashtiruvchi omillarni aniqlash bilan tavsiya etilgan dasturni qo‘llash amaliyotdan oldingi davrda operatsion xavfni baholash va transplantatsiya uchun tayyorgarlik jarayonini optimallashtirish imkonini bergan;
tirik qarindosh donordan buyrak transplantatsiyasining taktik va texnik jihatlarini takomillashtirishga bag‘ishlangan tadqiqot ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining qon tomir xirurgiyasi va buyrak tarnsplantatsiyasi bo‘limi, shuningdek, Navoiy viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markazining xirurgiya bo‘limi va Xorazm viloyati ko‘ptarmoqli tibbiyot markazining nefrologiya bo‘limlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 6 dekabrdagi 8n-z/218-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Tadqiqot natijalarining joriy etilishi amaliyotdan keyingi davrdagi asoratlarni 29,5% dan 11,2% gacha, uzoq muddatdagi asoratlarni 47,5% dan 22,7% gacha va o‘limning umumiy ko‘rsatkichini 8,2% dan 4,1% ga kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish