Alieva Shahnoza Aybekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tilning turli sath birliklari transformatsiya va derivatsiyasi», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Fil921.
Ilmiy rahbar: Hoshimovna Shahobiddinova Shohida, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.27.06.2017.Fil.05.02.
Rasmiy opponentlar: Mamajonov Alijon, filologiya fanlari doktori, professor; Turniyazov Bexzod Nigmatovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqot maqsadi: transformatsiya va derivatsiyani ularning umumiy va farqli jihatlarni ko‘rsatish orqali tavsiflashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
transformatsiya va derivatsiya tilning dinamik jarayonlariga xos, so‘z yasalishi, morfologik, sintaktik sathlarda amal kiluvchi universal hodisa ekanligi isbotlangan;
son, kelishik, egalik, nisbat, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, mayl, zamon, kichraytirish, daraja, erkalash, hurmat, qarashlilik, o‘xshatish singari grammatik shakllarning morfologik transformatsiya hosil qilishi aniqlangan;
ikkinchi darajali bo‘laklar, undalmalar, ajratilgan bo‘laklar, kirish va kiritmalar kabi kengaytiruvchi sintaktik qurilmalarning sodda gap transformalarini hosil qilishi asoslangan;
izomorfizm qonuniyatiga muvofiq leksik derivatsiya qonun-qoidalari sintaktik sathda ham amal qilishi isbotlangan, depredikatsiya, nominalizatsiya va kompressiyaning derivativ tabiati, kompressiya qoidasining qo‘shma gaplarning har qaysi turida o‘ziga xos ekanligi yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tilning dinamikasi jarayonidagi o‘zgarishlar, bu o‘zgarishlarning transformatsiya, derivatsiya kabi hodisalar orqali amalga oshishini kuzatish tadqiqi asosida:
dunyo tillarida til birliklarining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, ularning shakliy-mazmuniy tuzilishidagi transformatsion va derivatsion jihatlarni aniqlash, xususan, til birliklarining struktur-morfologik, struktur-sintaktik va derivatsion-semantik jihatdan o‘rganish kabi masalalar tadqiqida ITD-1-57.raqamli O‘zbek tilining tatbig‘iy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 89-03-2652-son ma’lumotnomasi). Natijada sintaktik qurilmalarning transformatsion va derivatsion o‘zgarishlarining sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlari ochib berilgan;
tilning dinamikasi jarayonidagi o‘zgarishlar, bu o‘zgarishlarning transformatsiya, derivatsiya kabi hodisalar orqali amalga oshishini kuzatish, tilning turli sathlarida transformatsiya va derivatsiya masalasini o‘rganish, o‘zaro qiyoslash hamda tavsif etish, transpozisiya va derivatsiya, derivatsiya va so‘z yasalashini tilning statik va dinamik holatida relevatsiya qilish, transforma bilan operand o‘rtasida zotiy bog‘lanishni ochib berish, transformatsiya va derivatsiyaning tilning turli sathlaridagi amalida izomorfizmni kuzatish kabi masalalar tadqiqidan OT-F8-057 raqamli O‘zbek tilini sistemaviy tadqiq etishning metodologik asoslari, metod va prinsiplarini shakllantirish” davlat amaliy-tadqiqot dasturlari doirasidagi loyihani bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 7 sentyabrdagi 89-03-3385-son ma’lumotnomasi). Bu esa tilning sistem tabiatini aniqroq ochib berishga, satxlariaro izomorfik munosabatlarni to‘liqroq tavsiflashga xizmat qilgan;
olamning milliy manzarasida tilning milliy o‘ziga xosligining voqelanishidan Andijon viloyati teleradiokompaniyasi muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi” ko‘rsatuvi, “Ma’naviyat sarchashmasi”, “Maftunkor diyor”, “Shukrona” eshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (Andijon viloyati teleradiokompaniyasining 2019 yil 28 iyundagi 20-24/487-son ma’lumotnomasi). Ushbu xulosalar olamning milliy manzarasida tilning mohiyatan milliy o‘ziga xosligini asoslashda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish