Maxsumova Iroda Shavkatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beruvchi fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda o‘tkir gerpetik stomatitni kompleks davolash», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib770.
Ilmiy rahbar: Daminova Shaxnoza Badriddinovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSs.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Belenova Irina Aleksandorovna tibbiyot fanlari doktori, professor, (Rossiya); Boymurodov Shuxrat Abdujalilovich  tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalardagi o‘tkir gerpetik stomatitni davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oddiy gerpes virusi DNKsini molekulyar-genetik tekshiruvlar asosida aniqlash orqali kasallikka tashxis qo‘yish imkoniyati asoslangan;
ul`tratovush terapiyasining anaerob mikroblar sonini me’yorlashtirib, fakul`tativ flora miqdorini kamaytirishi va og‘iz bo‘shlig‘i disbiotik buzilishlarini bartaraf etishdagi ijobiy xususiyati asoslangan;
o‘tkir gerpetik stomatitni majmuaviy davolashda ul`tratovushning ta’siri og‘iz bo‘shlig‘i mahalliy immun tizimining lizotsim, fagotsitoz va sekretor immunoglobulin A ko‘rsatkichlarining faolashuviga olib kelishi va yallig‘lanish jarayonlari bartaraf etilishi isbotlangan;
gerpetik stomatitni davolash dinamikasida parodontal va og‘iz bo‘shlig‘i gigienik indeks ko‘rsatkichlari RMA, GI ishonarli ravishda yaxshilanishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavati to‘qimasi regenerator xususiyatlarining faollashtirilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bolalarda o‘tkir gerpetik stomatitni kompleks davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘tkir gerpetik stomatitning klinik namoyon bo‘lishi va davolashga yangicha yondashuvlar” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 maydagi 8n-r/181-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma O‘GSning erta tashxislanishiga, ularning o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda davolashning al`ternativ usullarini aniqlashga imkon bergan;
“Bolalardagi o‘tkir gerpetik stomatitni tashxislash va davolash uchun mikrobiologik va immunologik tadqiqotlarni qo‘llash ” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 maydagi 8n-r/182-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma ul`tratovushli davolash yordamida o‘tkir gerpetik stomatitni kompleks davolash samaradorligini baholash tizimini takomillashtirishga imkon bergan;
O‘GSning oldini olish va kompleks davolashni takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar Toshkentdagi 3-bolalar stomatologiya poliklinikasi, Buxoro viloyati bolalar stomatolgiya poliklinikasi amaliy ishi va klinik faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 8n-z/188-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning joriy etilishi bolalardagi o‘tkir gerpetik stomatitni tashxislash usulining yaxshilanishiga, davolash muddatlarini qisqarishiga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish