Avezov Kosim Safarovichning
falsafa doktori (PhD)  dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiy protsessda taraflarning huquqiy maqomini takomillashtirish», 12.00.04–Fuqarolik protsessual huquqi. Xo‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Yu11.
Ilmiy rahbar: Okyulov Omanbay, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.27.06.2017.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Esanova Zamira Normuratovna, yuridik fanlar doktori, professor; Nasullaev Mubin Lutfullaevich, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda iqtisodiy protsess ishtirokchisi sifatida taraflarning huquqiy maqomini belgilashga doir qonunchilikni takomillashtirish va uni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korporativ nizolar bo‘yicha ishlar iqtisodiy sudga taalluqli ishlar doirasiga kirishi asoslangan;
iqtisodiy protsessda birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishi mumkinligi asoslab berilgan;
iqtisodiy protsessda taraf sifatida ilk bor arizachining huquqiy maqomi belgilangan;
iqtisodiy protsessda faqatgina ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirish mumkinligi asoslab berilgan;
yuridik shaxsni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish bilan bog‘liq nizolar iqtisodiy sudlarda korporativ nizo sifatida ko‘rib chiqilishi asoslab berilgan;
iqtisodiy protsessda kelishuv bitimi da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkinligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy protsessda taraflarning huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Iqtisodiy sudga taalluqli ishlar doirasini belgilashga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi 23-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi bandi) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ–391-sonli «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 17 oktyabrdagi 06-20/675-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif iqtisodiy sudga taalluqli ishlar doirasini kengaytirgan;
korporativ nizolar toifasi, korporativ nizolar ishtirokchilarini aniqlash, ularning huquq va majburiyatlariga oid takliflar (O‘zbekiston Respublikasining Xo‘jalik protsessual kodeksi 15519-modda) O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi O‘RQ–391-sonli «O‘zbeki ston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuniga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 17 oktyabrdagi 06-20/675-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qabul qilinganligi iqtisodiy sudga taalluqli ishlar doirasini kengaytirishga imkon bergan;
Iqtisodiy protsessda taraflar tushunchasi, ishda bir necha da’vogar va javobgarning ishtirok etishi, ishga daxldor bo‘lmagan javobgarni almashtirishga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (43–45-moddalar) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 21 avgustdagi 08/UM-522-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi taraflarni huquqiy maqomini aniqlash, taraflarni ishda ishtirok etishi va javobgarni almashtirishni huquqiy tartibga solishga ko‘maklashgan;
Taraflarning kelishuvi uchun sudning choralar ko‘rishi, ularga iqtisodiy sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashish, nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi, kelishuv bitimini tasdiqlash to‘g‘risidagi masalani hal qilish va kelishuv bitimini tasdiqlashga doir qoidalar O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga  (130–134-moddalar) kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2019 yil 21 avgustdagi 08/UM-522-19-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinganligi taraflar o‘rtasidagi nizomni hal qilishda jahon standartlariga mos talablarni shakllantirishga imkon yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish