Tursunov Jaxongir Pulatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish davrida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt502.
Ilmiy rahbar: Rustamov Davron Rustamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Rasulov Tulkin Sattorovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda davlat pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimi tajribalaridan kelib chiqib hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligini ta’minlashda fuqaroning ish haqidan undiriladigan sug‘urta badalini qayta joriy etish taklif etilgan;
pensiyaga chiquvchi shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra yuqori ish haqi olgan davrlarini tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida pensiya hisoblash uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil o‘rniga umumiy mehnat faoliyatidagi istalgan (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) ketma-ket o‘n yillik oylik ish haqini hisobga olish taklif etilgan;
pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, insonlarning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining oshib borayotganligini hisobga olib, pensiya to‘lovi davrining o‘zgarishiga qarab, yoshga doir pensiya olish huquqini beruvchi pensiya yoshini oshirish taklif etilgan;
pensioner va bo‘lajak pensionerlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning pensiya ta’minotiga oid huquqlarini kafolatlash maqsadida “Pensiya Ombudsmani”ni joriy qilish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish davrida pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarning pensiya ta’minoti tizimi tajribalaridan kelib chiqib hamda byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida fuqaroning ish haqidan undiriladigan sug‘urta badalini amaliyotga joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2019 yil 4 oktyabrdagi  03/30-01-32/1246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining moliyaviy barqarorligi yaxshilanishiga va bu orqali kelajakda byudjetdan ajratilishi rejalashtirilayotgan subsidiyalar miqdorini kamaytirishga yoki to‘liq tuxtalishiga xizmat qiladi;
yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal staj (7 yil) davomiyligini 10 yilga oshirish belgilanganligi, shuningdek, pensiyaga chiquvchi shaxsning o‘z xohishiga ko‘ra yuqori ish haqi olgan davrlarini tanlash imkoniyatini yaratish maqsadida pensiya hisoblash uchun ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil o‘rniga umumiy mehnat faoliyatidagi istalgan ketma-ket o‘n yillik oylik ish haqini hisobga olish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-sonli farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2019 yil 4 oktyabrdagi  03/30-01-32/1246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pensiyaga chiquvchi shaxsning pensiya miqdorini oshishiga va eng muhimi ijtimoiy adolat prinsiplarining ta’minlanishiga erishilgan;
pensiya yoshi va o‘rtacha umr ko‘rish yoshining oralig‘idagi davr, ya’ni pensiya to‘lovi davrining o‘zgarishiga qarab yoshga doir pensiya olish huquqini beruvchi pensiya yoshini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2019 yil 4 oktyabrdagi 03/30-01-32/1246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida pensiya ta’minotining moliyaviy barqarorligini yaxshilashga hamda avlodlarning moliyaviy ishtiroki ekvivalentligini ta’minlashga erishilgan;
pensioner va Pensiya jamg‘armasi o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizolarni sudgacha hal qilishda O‘zbekistonda “Pensiya Ombudsmani”ni joriy qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 yanvardagi PF-5614-sonli Farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining 2019 yil 4 oktyabrdagi  03/30-01-32/1246-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi pensioner va Pensiya jamg‘armasi o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning oldini olishga hamda pensionerlarning huquqlarini himoya qilinishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish