Shakirova Munavvara Muxiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epidemiologik izlanishlarga asoslangan 10 yillik osteoporotik sinishlar ehtimolligini aniqlash usulini ishlab chiqish», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib22.
Ilmiy rahbar: Ismailov Saidganixuja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Shagazatova Barno Xabibullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Rustamova Umida Muxtarovna, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston tibbiyot uzluksiz ta’lim universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston uchun FRAX modelini yaratish uchun asosiy noumurtqaviy (son suyagining proksimal qismi, bilakning distal qismi hamda elkaning bo‘yin qismi) osteoporotik sinishlar bilan kasallanish darajasini aniqlash hamda osteoporozni tashxislash algoritmini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba son suyagi proksimal qismi osteoporotik sinishining uchrash darajasi Namangan viloyati Pop tumani misolida, ayollar va erkaklar o‘rtasida yoshga bog‘liqligi tahlil qilingan;
ilk marotaba sinishlar uchrash darajasi va o‘rtacha hayot davomiyligiga asoslangan holda 50 yoshdan katta erkaklar va 40 yoshdan katta postmenopauza davridagi ayollarda son suyagi proksimal qismi va asosiy osteoporotik sinishlarning 10 yillik rivojlanish ehtimolligini hisoblashga mo‘ljallangan FRAX autentik modeli yaratilgan;
FRAX modeli asosida klinik xavf omillari (alohida yoki suyakning mineral zichligi bilan birga) yig‘indisi asosida bemorlarning umumiy ahvolini baholash, olib borish tamoyilini to‘g‘ri tanlash hamda davo choralarini o‘z vaqtida boshlash imkonini beruvchi osteoporozli bemorlarni nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston Respublikasida suyagi proksimal qismi sinishlarining aniqlangan haqiqiy soni hamda aholisi soni 3,5 barobarga oshishi kutilayotganligi bo‘yicha ma’lumotlar va xavf omillari bo‘yicha bashorat berish mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston uchun FRAX modelini yaratish hamda osteoporozni tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirsh bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«O‘zbekiston uchun moslashtirilgan sinishning 10 yillik mutlaq xavfini axborotlovchi FRAX – kal`kulyatori» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘iliqni saqlash vazirligining 22 iyul 2019 yildagi 8n-r/322-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma osteoporotik sinishlar xavfi yuqori bo‘lgan shaxslar o‘rtasida osteoporozni tashxislash va davolash algoritmini takomillashtirish osteoporoz bilan kasallangan bemorlarga ko‘rsatiladigan davolash va profilaktik chora-tadbirlar sifatini oshirish imkonini bergan;
asosiy osteoporotik sinishlar bilan kasallanish darajasini o‘rganish 10 yillik mutlaq xavf ehtimolligini baholash hamda osteoporozni tashxislash va davolash algoritmini takomilashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar Toshkent hamda Samarqand viloyatlarining endokrinologiya dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq etildi (Sog‘iliqni saqlash vazirligining 22 oktyabr` 2019 yildagi 8n-z/208-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etish sinishlarning 10 yillik ehtimolligini erta axborotlash hamda uning rivojlanish xavfiga muvofiq ravishda profilaktik chora-tadbirlarni to‘g‘ri tanlash asosida sinishlarning uchrash darajasining hamda o‘lim darajasining pasayish imkonini bergan.