Shodmonova Dildor Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari (metaforik hodisalar misolida)», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil931.
Ilmiy rahbar: Shodmonov Nafas Namozovich, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.30.05.2018. Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori; Abuzalova Mehriniso Kadirovna, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: shoir Abdulla Oripovning poetik nutqini ilmiy o‘rganish vazifasini belgilash va shoirning o‘zbek tili lisoniy imkoniyatidan badiiy foydalanish mahoratini she’riyatining lingvopoetik xususiyati misolida tekshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
poetik nutqning lison-nutq dixotomik bo‘linishida me’yorning adabiy-badiiy o‘rni va lison-me’yor-nutq trixotomiyasi ochib berilgan;
Abdulla Oripov she’riyatida qo‘llangan birlamchi va ikkilamchi nominativ metaforik ma’nolar aniqlangan;
shoir she’riyatidagi metaforaning kognitiv funksiyali va obrazli metaforik ma’no turlari ajratilgan;
metaforalarning ma’naviy va lafziy badiiy san’atlar hosil qilishi va badiiy-estetik vazifalari yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarinin joriy qilinishi.
Abdulla Oripov she’riyatining lingvopoetik xususiyatlari ya’ni shoir she’riyatida qo‘llangan metaforik hodisalarni tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
poetik nutqni lison-nutq tamoyili asosida o‘rganishda me’yorning o‘rni hamda metaforaning lisoniy imkoniyat sifatidagi xususiyatlari va kognitiv tabiati bilan bog‘liq natijalaridan FA-F1-G04 raqamli “O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq etish” nomli fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3711-son ma’lumotnomasi). Natijada poetik nutqni lison-nutq tamoyili asosida tadqiq qilishda metaforaning lisoniy imkoniyatlari va nutqiy voqelanishlariga aniqlik kiritishga yordam bergan;
umumlisoniy qonuniyat bo‘lgan metaforaning Abdulla Oripov she’riyatida voqelanish xususiyatiga oid natijalar va xulosalardan OT-F8-022 raqamli “Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3711-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot ilmiy natijalaridan foydalanish loyiha bo‘yicha olib borilgan ish mazmuni va sifatining mukammallashuviga xizmat qilgan;
metaforik ko‘chma ma’noning she’riy matndagi badiiy-estetik xususiyati bilan bog‘liq ilmiy natijalardan I-2013-57 raqamli “Ijtimoiy ekologiya muammolari” nomli monografiya tayyorlash va chop etish” mavzusidagi innovatsiya loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 3 oktyabrdagi 89-03-3711-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini qo‘llash asosida til insonning tabiati va ma’naviy dunyosining tarkibiy qismi bo‘lib, faoliyatining asosiy mexanizmi va quroli ekanligi, tildan foydalanishda ijodkorning individual mahorati badiiy nutq imkoniyatining voqelanishini kengaytirishi hamda imkoniyat boyishiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatishi haqidagi o‘rinlarning mukammallashishiga erishilgan.