Ibragimov Sardor Xamdamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buyrak transplantatsiyasidan keyingi o‘pka asoratlarida respirator taktikani takomillashtirish», 14.00.32–Transplantologiya va sun’iy a’zolar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib804.
Ilmiy rahbar: Ibadov Ravshan Alievich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Djurabay Marifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Farxod Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantologiya va sun’iy a’zolar milliy tibbiyot tadqiqot markazi» Federal davlat byudjet tashkiloti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qoniqarsiz natijalarning sababchi omillarini tahlil qilish va respirator terapiya taktikasini takomillashtirish yo‘li bilan qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin resipientlarda o‘pka asoratlarini davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligining turli ko‘rinishlariga va resipientlarda posttransplantatsion davr klinik kechishining o‘ziga xos xususiyatlariga qarab, qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlari rivojlanishining asosiy patogenetik xavf omillari aniqlangan;
respirator va intensiv terapiyani tanlashga ta’sir qiluvchi, qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlari bo‘lgan resipientlarda patologik jarayonning sabab-oqibat bog‘liqligi va rivojlanishning asosiy prediktorlari aniqlangan;
nafas olish konturi orqali havo-dori aralashmasini dozalab kiritish usuliga asoslangan uzoq vaqt mobaynida sun’iy o‘pka ventilyasiyasi sharoitida o‘pka asoratlarining oldini olish va davolash usuli ishlab chiqilgan;
to‘g‘ri oksigenatsiyani ta’minlash uchun buyrak transplantanti resipientlarida o‘pka asoratlari bo‘lganda o‘pkalarni intrapul`monal perkussiyaviy ventilyasiyasi bilan noinvaziv ventilyasiyani birgalikda qo‘llash texnologiyasi ishlab chiqilgan;
N-atsetiltransferaza faolligini aniqlash va donor-resipient juftliklarning atsetillanish fenotiplari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning haqiqiy xususiyatlarini hisobga olgan holda buyrak transplantatsiyasidan keyingi asoratlar rivojlanish xavfini prognozlash usuli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlarining respirator terapiyasi taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalariga asosida:
"Buyrak transplantatsiyasidan keyin resipientlarda o‘pka asoratlarining intensiv va respirator terapiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 8n-z/199-son ma’lumotnomasi). Ishlab chiqilgan tavsiyalar qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlarini davolash natijalari, ayniqsa, buyrak transplantatini o‘tkir va surunkali ajralishi resipientlar guruhida yaxshilash imkonini bergan;
qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlarining respirator terapiyasi taktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi jonlantirish va intensiv terapiya bo‘limida, Navoiy va Xorazm viloyatlari ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari amaliy faoliyatiga (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 15 noyabrdagi 8n-z/199-son ma’lumotnomasi) tatbiq etilgan. Qarindoshlar orasida buyrak transplantatsiyasidan keyin o‘pka asoratlari respirator terapiyasining taktik jihatlarini takomillashtirish, jumladan nafas olish etishmovchiligini intubatsiyasiz hal qilish va 79% hollarda mexanik ventilyasiyaga o‘tkazish, o‘pkalarni sun’iy ventilyasiya qilish davomiyligini 40%, kasalxonada bo‘lish muddatini 12 kundan 9 kungacha, intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish muddatini 9 kundan 6 kungacha qisqartirish imkonini bergan.