Turg‘unov Sherali Dolixonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Namangan bolalar fol`klorining janrlar tarkibi va lokal xususiyatlari”, 10.00.08–Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Fil675.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Salima Rayimjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.30.08.2018.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Turdimov Shomirza G‘anievich, filologiya fanlari doktori; Qo‘shmoqov Muhammadali, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Namangan bolalar fol`klorining janrlar tizimi va tarkibini, genezisini, tarixiy-tadrijiy rivoji qonuniyatlarini belgilash, beshik va suyish, mavsumiy-marosimiy, satirik va yumoristik, o‘yin qo‘shiqlarining badiiyatini o‘rganish hamda o‘ziga xos lokal xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hudud bolalar fol`kloridagi beshik va suyish, mavsumiy-marosimiy, satirik va yumoristik hamda o‘yin qo‘shiqlarning hayotiy-maishiy vazifalari, tarixiy-genetik, ijtimoiy-etnografik asoslari, tadrijiy rivojlanish bosqichlari va qonuniyatlari, postfol`klor namunasi sifatidagi xususiyatlari ochib berilgan;
Namangan bolalar fol`klorining yaratilishi, ijro qilinish o‘rni, vaqti, ijro jarayoni bilan bog‘liq hududiy-lokal xususiyatlari aniqlangan;
Namangan bolalar fol`kloriga oid materiallarning yaxlit badiiy tizim sifatidagi umumo‘zbek fol`klori an’analari bilan mushtarak jihatlari oydinlashtirilgan va shu asosda bolalar fol`klorini lokal xususiyatlariga ko‘ra areal jihatdan to‘plash, nashr qilish va tadqiq etish tamoyillari asoslangan;
Namangan bolalar fol`klorini hududiy asosda o‘rganish, janrlar tizimi va tarkibini tasniflash orqali o‘zbek bolalar og‘zaki ijodi janrlarining mukammal tasnifini yaratish imkoniyati kengaygani isbotlangan;
Namangan bolalar og‘zaki she’riyati janrlarining struktural-semantik xossalari, qadimiy e’tiqodlar bilan bog‘liq jihatlari, ularning mavzu ko‘lami va lingvopoetik tasvir va ifoda vositalari nuqtai nazaridan yoritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Namangan bolalar fol`klorining o‘ziga xos tabiati, lokal xususiyatlari, janrlar tizimining xossalarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bolalar fol`klorining hazil va kulgiga asoslangan janrlari tarkibiga kiruvchi masal tipidagi bolalar latifalariga oid nazariy xulosalaridan YoF–8-08 raqamli “Masal va masal tipidagi asarlarning qiyosiy-tipologik tadqiqi” (2010–2011) fundamental va amaliy tadqiqotlar ilmiy-texnik dasturi loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 2 iyuldagi 89-03-2650-son ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy tadqiqot xulosalari majoziy timsollarning janrlararo transformatsiyasi jarayonlari hamda masal tipidagi bolalar fol`klori janrlari syujet motivlarining masal janri bilan munosabati masalalarini yoritishga xizmat qilgan;
bolalar nutqining o‘ziga xos xususiyatlari, bolalar nutqidagi gender farqlar, muloqot jarayonining yoshga doir o‘ziga xosliklari, lisoniy mentalitetning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berish, shuningdek, gender farqli birliklarning uslubiy, mazmuniy, struktur hamda vazifaviy o‘ziga xosliklari kabi masalalarni o‘rganish natijalari Andijon davlat universitetida bajarilgan IDT-1-57 raqamli “O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturini ishlab chiqish” (2012–2014 yy.) amaliy loyihasida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 10 iyun`dagi 89-03-2424-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu amaliy loyiha bolalar nutqining sotsiolingvistik, psixolingvistik xususiyatlarini oydinlashtirishga doir ilmiy asos bilan ta’minlangan.