Kariev Saidaxror Saitaslanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Urolitiazning medikamentoz davo usullarini takomillashtirish», 14.00.31–Urologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib116.
Ilmiy maslahatchi: Gaybullaev Asilbek Asadovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Darenkov Sergey Petrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Akilov Farxad Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Muxtarov Shuxrat Tursunovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P. Pavlov nomidagi Birinchi Sankt-Peterburg davlat medisina universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: medikamentoz davolash usullarini takomillashtirish orqali kal`siyli urolitiaz va preurolitiaz kasalligining kompleks davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
siydik litogenezining kal`siyli turi bilan bemorlarda buyraklar funksional holati va siydik xavf omillarining klinik-patogenetik xususiyatlari aniqlangan;
kal`siyli preurolitiaz hamda turli toifadagi urolitiazda (So, Sres, Rmo, Rmres) buyraklarning funksional holati va siydik xavf omillarining o‘xshashliklari va farqlari asoslangan, shuningdek litogenez og‘irlik darajasining kuchayib borishini baholash mezonlari ochib berilgan;
O‘zbekistonning 17 xil dorivor o‘simliklari, shuningdek 10 turdagi rasmiy murakkab kompleks fitopreparatlar va ekstraktlarning farmakologik xususiyatlarining diuretik hamda saluretik samarasi (sitrat, oksalat, kal`siy, magniy, siydik kislota, noorganik fosforning siydik bilan chiqarilishi), siydik pH muhitiga ta’siri va tosh hosil bo‘lish faolligi (ionlar faollik indeksini hisoblash asosida) aniqlangan;
kal`siyli urolitiaz bilan bemorlarni davolash uchun dorivor o‘simliklardan «Urologik yig‘ma» nomli mahalliy fitopreparat ishlab chiqilgan;
shaxsiy yig‘mamizdan olingan ekstrakt SaOx kristallari depozitlari soni va o‘lchamlari kamayishiga patogenetik ta’sir qilishi, buyrak to‘qimasini litogenezning nojo‘ya tashqi alimentar omillaridan va depozitlarning mahalliy ta’siridan himoya qilishi, shuningdek diurezni oshirishi va siydik pH ini mo‘’tadillashtirishi hamda tosh hosil bo‘lishi ingibitorlari va promouterlari ekskresiyasini stabillashtirishi asoslab berilgan;
kal`siyli urolitiazda buyraklar funksional holati va siydik xavf omillarini hisobga olgan holda, shuningdek fitopreparatlarning diurezni, siydik pH ini va salurezni o‘zgartirish xususiyatlarini ochib berish orqali noselektiv medikamentoz davolash o‘tkazish imkoniyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kal`siyli preurolitiaz va urolitiazni davolash natijalarini yaxshilashga bag‘ishlangan tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Oksalatli urolitiaz fitoterapiyasi kursining optimal davomiyligini tanlash» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8n-z/169-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar urolitiaz bilan bemorlarni medikamentoz davolash sifatini yaxshilash va konservativ davolash xarajatlarini qisqartirish imkonini bergan;
«Kal`siyli urolitiazning diurez va siydik xavf omillarini faslga bog‘liq xususiyatlari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8n-z/169-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar urolitiaz bilan bemorlarni tashxislash sifatini yaxshilash imkonini bergan;
kal`siyli urolitiaz va preurolitiaz bilan bemorlarni davolashni yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliy faoliyatiga, xususan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Xorazm filiali va Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti urologiya va andrologiya kafedrasi amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 oktyabrdagi 8n-z/169-son ma’lumotnomasi). Urolitiaz bilan bemorlarni optimal davolash usulini tanlash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari konservativ davolashning takomillashtirilgan algoritmi bilan birgalikda davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish