Shariksieva Muxlisa Abrolovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erta adrenarxe, uning kasallikni prognoz qilishda klinik-genetik, gormonal va metabolik jihatlari», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Tib423.
Ilmiy rahbar: Xaydarova Feruza Alimovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Yo.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Najmiddinova Dilorom Kamariddinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gel`dieva Margarita Sabirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston tibbiyot uzluksiz ta’lim universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erta adrenarxe tashxisli qizlarda klinik, gormonal, metabolik va molekulyar-genetik ko‘rsatkichlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba O‘zbekistonda EAli qizlarda molekulyar-genetik CYP21A2 genining eng ko‘p tarqalgan etti mutatsiyasi aniqlangan;
SYP21A2 geni mutatsiyasi bo‘lgan qizlarda buyrak usti bezi disfunksiyasi oqibatida DGAE, DGAES, 17-ON va androstendinon darajalarining shu gen mutatsiyasi bo‘lmagan qizlardagiga nisbatan ishonchli bo‘lishi isbotlangan;
SYP21A2 geni mutatsiyasi bo‘lmagan erta adrenarxeli qizlarda tuxumdonlar polikistozi sindromiga moyillik bo‘lganligi sababli insulin va AMGning yuqori darajada bo‘lishi aniqlangan;
prognostik eng katta ahamiyatga ega gormonal va genetik markerlarning buyrak usti bezi tug‘ma nuqsoni va TPKS shakllanishini erta tashxislashdagi o‘rni baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Erta adrenarxe, uning kasallikni prognoz qilishda klinik-genetik, gormonal va metabolik jihatlarini aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Erta adrenarxeli qizlar diagnostikasiga zamonaviy yondashuvlar» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 7 oktyabrdagi 8n-r/394-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma patologiyaning erta tashxislash va uning natijasida samaradorlik darajasini 90,9% ga oshirgan va o‘z navbatida, davolashning samarali usulini tanlash imkonini bergan;
erta adrenarxe, uning kasallikni prognoz qilishda klinik-genetik, gormonal va metabolik jihatlarini aniqlash va tashxislashning yangi usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro shahar va Xorazm viloyat endokrinologiya dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 11 dekabrdagi 8n-z/221-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bemor qizlarni kompleks tekshirishda iqtisodiy xarajatlarni uch martaga kamaytirish va terapevtik taktikani tayinlashda differensial yondashuvni yaxshilash imkonini bergan.