Abduvakilov Jahongir Ubaydulla o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metabolik sindromli bemorlarda parodont yallig‘lanish kasalliklari kompleks davolash asoslarining klinik va diagnostik jihatlari», 14.00.21–Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSc/Tib280.
Ilmiy maslahatchi: Rizaev Jasur Alimdjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.28.12.2017.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Gasyuk Pyotr Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Ukraina); Dustmuxamedov Maxmud Zokirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kayumov Ulug‘bek Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Volgograd davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metabolik sindrom bilan kechuvchi surunkali parodontit bilan kasallangan bemorlar klinik holatini, metabolik buzilishlarning o‘zaro aloqasini o‘rganish va kompleks davolash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metabolik sindrom aniqlangan bemorlarda qo‘shimcha yondosh kasalliklarning soni ortishiga mos ravishda parodontning yallig‘lanish-destruktiv kasalliklarining og‘irlik darajasini ortib borishi sababli polimorbidlik shakllanishiga asos bo‘lishi isbotlangan;
metabolik sindrom negizida surunkali tarqalgan parodontit bilan og‘rigan bemorlarda MS ko‘rsatkichlarining og‘irlik darajasi ortishi sababli STP og‘ir shakllarining sezilarli darajada keng tarqalishi asoslangan;
MS negizida kechuvchi STP bilan kasallangan bemorlarda insulinrezistent holati bilan bog‘liq giperinsulinemiya va giperglikemiya, endotelial hujayralarga salbiy ta’siri aniqlangan;
metabolik o‘zgarishlar ta’sirida lipoproteinlarning yuqori zichlikka ega bo‘lgan turkumi, trigliseridlar va xolesterin miqdorining ortib borishi oqibatida qon realogik xususiyatlariga salbiy ta’siri asoslangan;
metabolik o‘zgarishlar STP bilan kasallangan bemorlarda oksidlanishli stress holati bilan bog‘liq bo‘lgan adipotsitlarda sintezlanuvchi gormonlar – leptin va adiponektinning miqdoridagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi asoslangan;
MS tufayli vujudga keladigan qondagi o‘zgarishlar qon ivishi bilan bog‘liq trombotsitlar va hujayra tizimiga salbiy ta’siri qonning oquvchanlik holatini buzilishiga olib kelishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Metabolik sindrom fonida parodontning yallig‘lanish kasalliklarini tashxislash, klinik-biokimyoviy tavsifi, davolash va profilaktikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“MS bilan bog‘liq surunkali umumiy parodontitga ega bemorlarda endotelial hujayralar disfunksiyasi intensivlik darajasini baholash” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8n-r/114-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma MS negizida kechuvchi surunkali tarqalgan parodontit bilan kasallangan bemorlarda endotelial disfunksiya darajasini baholash orqali parodont to‘qimasidagi mikrotsirkulyator buzilishlarni bashoratlash imkonini bergan;
“MS bilan bog‘liq STPga ega bemorlarda og‘iz suyuqligi lipid profilining bahosi” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8N-r/116-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma metabolik sindrom bilan assotsirlangan STP mavjud bemorlarda og‘iz suyuqligining lipid tarkibini baholash, ushbu guruh bemorlarida patogenetik davolash samaradorligini oshirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
“Metabolik sindrom bilan bog‘liq surunkali tarqalgan parodontitga ega bemorlarda immunologik va stomatologik holatni baholash va uni korreksiyalash yo‘llari” mavzusida uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8N-r/115-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma tekshirilgan bemorlarda stomatologik holatni kompleks baholash va uning asosida patogenetik jihatdan asoslangan kompleks davolash usullarini qo‘llashga imkon bergan;
metabolik sindrom fonida parodontning yallig‘lanish kasalliklarining diagnostikasi, klinik-biokimyoviy tavsifi, davolash va profilaktikasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Toshkent shahar 1-stomatologiya poliklinikasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli stomatologiya poliklinikasi amaliyotiga joriy qilingan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 1 apreldagi 8N-r/81-son ma’lumotnomasi). Tatbiq qilingan natijalar tibbiy yordam sifatini oshirgan, diagnostika va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali kasallik keskinlashuvlarining kamayishi va bemorlarning davolanish muddatlarining qisqarishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik uchun imkoniyat yaratadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish