Xodjieva Dilbar Tadjievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Insul`tdan keyingi demensiyaning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik o‘ziga xosligi va davolashni optimallashtirish masalalari», 14.00.13–Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.DSc/Tib396.
Ilmiy rahbar: Madjidova Yoqutxon Nabievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, DSc.27.06.2017.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Fedin Anatoliy Ivanovich, tibbiyot fanlari doktori; professor; Mirdjuraev Elbek Mirshavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik I.P.Pavlov nomli Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: insul`tdan keyingi demensiyani klinik, neyrofiziologik, neyroimmunologik o‘ziga xosligini va davolash taktikasini tizimli takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demensiya oldi buzilishlari, ularni rivojlanishi va demensiyaga o‘tishini nazorat qilishga imkon beruvchi, faoliyatdagi cheklanishlar va nevrologik etishmovchilik mavjudligi fonida insul`tdan keyingi erta tiklanish davrida 60,6% bemorlarda kognitiv buzilishlar, demensiya oldi buzilishlari 35,5%, demensiya holati 25,1% bemorlarda kuzatilib, neyropsixologik, neyrovizualizatsion va immunologik ko‘rsatkichlar orasidagi korrelyasion bog‘liqligi asoslangan;
immunologik ko‘rsatkichlar nerv to‘qimalari oqsillari NF200, GFAP, S100 oqsillariga antitelolarning zardob darajasini va glutamat neyromediatrlari, GAMK, dofamin, serotonin, xolin va vol`tajga bog‘liq bo‘lgan Sa-kanali miqdorini insul`t bilan xastalangan bemorlarda ortishi demensiya oldi buzilishlari va demensiyaning rivojlanishida bashoratli mezon bo‘lib, dori vositalariga javob parametrlarining bashoratli ahamiyati asoslangan;
insul`tdan keyingi demensiyaning shakllanishida bevosita ta’sir ko‘rsatadigan MRT-traktografiya doirasida fraksion anizotropiya va R300 akustik kognitiv chaqirgan patensiallarning ko‘rsatkichlarini ma’lum o‘zgarish potternlari mavjud bo‘lishi hamda muvozanatining buzilish tartibi isbotlangan;
neyroproteksiya va kompyuter tizimi tarkibidagi biologik qaytar aloqa terapiyasida insul`tdan keyingi demensiya ayrim tarkibiy qismlarining ijobiy dinamikasi isbotlangan;
insul`tdan keyingi kognitiv buzilishlar ko‘rsatkichlari bo‘yicha memontning samaradorligi va dori vositasi ta’sirning kognitiv etishmovchilikda hamda kasallik rivojlanishi va tomir demensiyasiga o‘tishning pasayishi mexanizmi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Insul`tdan keyingi demensiyalarning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik o‘ziga xosligi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Bosh miyaning surunkali qon-tomir kasalliklarida o‘rtacha kognitiv buzilishlarni tashxislash usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektkal mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 20140196). Ushbu usul bosh miyaning surunkali qon tomir kasalliklarida o‘rtacha kognitiv buzilishlarni tashxislashga imkon bergan;
«Neurofeebackni qo‘llash yordamida kognitiv buzilishlarni korreksiya qilish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 8n-r/366-son ma’lumotnomasi) Mazkur tavsiyanoma davolashning iqtisodiy, tibbiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish, bemorlarni davolashda kam sarf-xarajatni talab etadigan bemorlar sonining ortishiga va insul`tdan keyingi demensiya rivojlanish xavfini 1,5 martaga qisqartirish va mazkur toifa bemorlari hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan;
«Insul`tning erta tiklanish davrida tomirli kognitiv buzilishlarni davolashni optimallashtirish usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 8n-r/367-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma eng kam sarf-xarajat talab etadigan bemorlar soni va insul`tdan keyingi demensiya rivojlanish xavfini 1,5 marta ortishiga va ushbu toifa bemorlarining hayot sifatini 1,8 martaga yaxshilashga imkon bergan;
«Insul`tning erta tiklanish davrida demensiyani tashxislash usullari» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 8n-r/368-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma insul`tdan keyingi erta tiklanish davrida demensiya oldi buzilishlari bo‘lgan bemorlarda ushbu holatni rivojlanishi va bemorlar erta nogironligining oldini olishga imkon bergan;
insul`tdan keyingi demensiyalarning klinik-neyrofiziologik va neyroimmunologik o‘ziga xosligi va davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash sohasi amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot klinik kasalxonasi, Buxoro davlat tibbiyot birlashmasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Buxoro filiali, Toshkent tibbiyot akademiyasining 3-klinikasi, Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiy markazlarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 10 oktyabrdagi 8n-d/219-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi insul`tdan keyingi bemorlarni jismoniy va ruhiy moslasha olmasligini 1,3 martaga pasayishi, ularning ijtimoiy faollik darajasini 1,6 martaga ortishiga imkon bergan.