Sanoev Zafar Isomiddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Arundo va Haplophyllum alkaloidlari orasidan psixotrop vositalarni izlash», 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Tib314.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Yuriy Raxmanovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA akad. S.Yu. Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Alisher Xudoyberdievich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ergasheva Mukarramoy Jo‘raboevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: toshbaqatol o‘simligi Haplophyllum perforatumdan olinadigan asosiy alkaloid – skimmianin va Arundo donaxdan-donaksin alkaloidini spesifik faolligini tajriba hayvonlarida umumiy hamda psixofarmakologik holatiga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor skimmianin alkaloidida antidepressant faolligi mavjudligi aniqlangan;
toshbaqatol (Haplophyllum perforatum, Rutaceae fam.) o‘simligidan olinadigan skimmianin alkaloidi amitriptilin bilan solishtirganda antidepressant faolligi bo‘yicha undan ustun turishi isbotlangan;
ilk bor donaksin alkaloidining afrodiziak faollikka ega ekanligi va hozirgi kunda qo‘llanilayotgan yoximbin preparatidan yuqori ekanligi isbotlangan;
donaksinning afrodiziak faolligi 5NT reseptorlarning falajlanishi bilan bog‘liqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Arundo va Haplophyllum alkaloidlari orasidan psixotrop vositalarni izlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Afrodiziy faollikka ega bo‘lgan vosita»ga Intellektual mulk agentligining ixtiro natenti olingan (№IAP 05297, 26.10.2016 y). Natijada yangi afrodiziy faollikka ega bo‘lgan dori vositasini yaratish imkonini bergan;
toshbaqatol (Haplophyllum perforatum)dan olinadigan asosiy alkaloid skimmianinning o‘tkir va surunkali zaharliligi, farmakotoksikologik tekshiruv xulosalaridan FA-A11-T009 raqamli «Yangi, psixik faollashtiruvchi skimmianin dori vositasini yaratish, klinik sinovlarga topshirish uchun me’yoriy-texnik hujjatlarni tayyorlash» loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2019 yil 19 fevraldagi 4/1255-443-son ma’lumotnomasi). Natijada skimmianin alkaloidining klinik sinovlarga topshirish uchun me’yoriy-texnik hujjatlarni tayyorlash imkonini bergan;
Donaksin gidroxlorid dori vositasi substansiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi” tomonidan ro‘yxatga olingan (№DV/M/02540/05/19). Natijada yangi afrodiziy faollikka ega bo‘lgan dori vositasini yaratish imkonini bergan.