To‘xsanov Qudratillo Nozimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortishni takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.15–Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Iqt39.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizamiddin Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi huzuridagi DSc.27.06.2017.I.16.03 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Toshmatov Shuxrat Amonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axunjanov Umidjon Maxamadumarovich, iqtisodiyot  fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortishni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq intizomiga qat’iy rioya qiluvchi tadbirkorlik sub’ektlarini maxsus soliq to‘lovchilar kategoriyasiga kiritish mezonlari hamda vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq to‘lovchilarga soliq ta’tilini belgilash muddatlari taklif qilingan;
kichik biznes sub’ektlarining dastlabki avanslangan kapitali hisobiga investision faollikni soliq mexanizmi orqali rag‘batlantirish va vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklar davridagi fiskal bosimni neytrallashtirishga yo‘naltirilgan moratoriy joriy etish maqsadida yagona soliq to‘lovi bo‘yicha muayyan davr mobaynida soliq ta’tillari berish asoslangan;
kichik biznes sub’ektlarini soliqqa tortish jarayonlari soliq idoralari va soliq maslahatchilari tomonidan soliq hisobotlarini tuzish hamda kichik biznes sub’ektlarida onlayn rejimida ishlovchi elektron nazorat-kassa mashinalarini avtomatlashtirilgan tarzda monitoring qilish asosida takomillashtirilgan;
kichik biznes sub’ektlarining soliq solishning soddalashtirilgan tartibiga o‘tish mezoni muayyan davrga tovarlar aylanmasining umumiy hajmi ko‘rsatkichini kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va  tavsiyalar asosida:
soliq qonunchiligiga “insofli soliq to‘lovchi” tushunchasini kiritish, ushbu turdagi soliq to‘lovchilarga oxirgi ikki yil ichida soliq majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib kelgan soliq to‘lovchilar kiritilishi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-455-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 14-21506-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning qabul qilinishi soliq to‘lovchilar faoliyatini baholash mezoni asosida guruhlash uchun asos bo‘lib xizmat qilgan;
vaqtinchalik moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan insofli soliq to‘lovchilarga  soliq ta’tili berish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingan kundan e’tiboran yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddatgacha taqdim etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 30 dekabrdagi O‘RQ-455-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 14-21506-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida soliq qonunchiligiga to‘liq rioya qilgan soliq to‘lovchilarni rag‘batlantirishning yangi mexanizmi joriy qilingan. Shuningdek, ushbu guruh soliq to‘lovchilarni moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan sharoitlarda moliyaviy qo‘llab-quvvatlash natijasida soliq to‘lovchilar faoliyatini davom ettirish uchun qulay imkoniyat yaratishga erishilgan;
kichik biznes sub’ektlari tomonidan soliq hisobotlarini tuzishdagi murakkabliklar tufayli tizimli ravishda uchrayotgan xatoliklarni bartaraf etish maqsadida, soliq hisobotlarini soliq idoralari yoki soliq maslahatchilari tomonidan tuzish bo‘yicha hamda kichik biznes sub’ektlarida onlayn rejimida ishlovchi elektron nazorat-kassa mashinalarining avtomatlashtirilgan monitoring qilish dasturini joriy etish yuzasidan  taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyundagi “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3802-son qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 14-21506-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari uchun servis xizmatlarini ko‘rsatish hamda ular faoliyatini onlayn monitoring qilish orqali soliq bazasini aniqlash jarayonidagi muammolarni barataraf etishga erishilgan;
kichik biznes sub’ektlarini aniqlash mezonlariga muayyan davrga tovarlar aylanmasining umumiy hajmidan kelib chiqib aniqlash tartibini joriy etish bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son farmonida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 14-21506-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida kichik biznes sub’ektlarining o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik aylanmasi (yalpi tushumi) 1 milliard so‘mdan oshgan yoki joriy yil davomida ushbu belgilangan chegaraviy miqdorga etgan korxonalarni umumbelgilangan soliqlarni to‘lashga o‘tkazish, bunda, yillik aylanmaning (yalpi tushumning) 1 milliard so‘m etib belgilangan chegaraviy miqdori har 3 yilda kamida bir marta qayta ko‘rib chiqilish me’yori qo‘llanilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish